TROPIK HAVO MASSALARI
TROPIK HAVO MASSALARI — yil davomida tropik va subtropik kengliklarda uyushib, quyi kengliklardan yuqori kengliklarga harakatlanadigan havo massalari. Harorati yozda yuqori, materiklar ustidagi havosi quruq, yuqori bosimli 30° shu kabi va 30° j. k. atrofida kuzatiladi. Yozda Oʻrta Osiyoda, Qozogʻistonning jan. da uyushadigan havo T. h. m. hisoblanadi. Tropik havo massalari egallagan joylarda atmosfera bosimi yuqori havoning pastlama harakati ustun boʻladi, yil boʻyi havo juda issiq va yogʻin kam yogʻadi.
Ensiklopediya.uz
TROPIK HAVO MASSALARI