TROLLEYBUS
TROLLEYBUS (ing. troley — kontakt simi va bus — avtobus) — kontakt tarmogi (koʻchalarga tortilgan sim) dan 2 «shoxi» (dugasi) orqali tok bilan taʼminlanadigan relssiz shahar elektr transporti. Trolleybus yaratish va undan foydalanish ishlari 19-a. 80-y. larida Germaniyada olib borilgan. Trolleybusni ishlab chiqishda kontakt tarmogʻidan tok olish masalasi ancha qiyin boʻlgan. Trolleybus dastlab 20-a. 30-y. larida Yevropa mamlakatlarida qatnay boshlagan. Toshkentda Trolleybus qatnovi Trolleybus vokzali — Eski joʻva marshruti boʻyicha 1947-y. boshlangan. Manyovrchanligi, shovqinsizligi va relssiz harakatlanishi Trolleybusning tramvaydan afzalligi, kontakt osmasining murakkabligi kamchiligidir. Arzon elektr energiyadan foydalanishi, gaz chiqarmasligi, ishlatishning oddiyligi va ishonchliligi bilan avtobusdan ustun turadi. Trolleybus dvigatelining kuvvati 120 kVt, kontakt tarmogʻidagi kuchlanishi 500—600 V.
Ensiklopediya.uz
TROLLEYBUS