TRIMETABOL sirop haqida to’liq ma’lumot oling
DO`STLARGA ULASHING:
Trimetabol
#Триметабол
💊DORI SHAKLI : 👇
Ichga qabul qilish uchun suyuqlik. Kukuni bilan.
💊TARKIBI 👇
— L-lizina gidroxlorid
— Tiamina gidroxlorid ( vitamin B1),
— Siprogeptadina atsefillinat.
— L-karnitina gidroxlorid.
—Piridoksina gidroxlorid ( vitamin B6).
—Sianokobalamin ( vitamin B12)
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Ishtahani oshiruvchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Gormonal bo’lmagan anabolik vosita sifatida qabul qilinsa bo’ladi. Preparat gormon tarkibga ega emas ( gormon emas ).
— Ishtahani oshiruvchi samarali ta’sirga ega .
— Tinchlantiruvchi sedativ ta’sirga ega bo’lib , nerv hujayralarini faoliyatini yaxshilaydi.
— Ko’pincha bolalarda ishtaha pasayib ketganda va ovqatlanish jarayoni buzilganda buyuriladi.
— Organizmda oqsil , yog’ va uglevod almashinuvini yaxshilaydi.
💊QO’LLASH USULI 👇
2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 2,5 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga 5 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi.
6 yoshdan va kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi.
Ovqatlanishdan 30 daqiqa yoki 1 soat oldin ichish kerak.
Trimetabol suyuqligini oldida
3 gr massaga ega bo’lgan ichida kukun ko’rinishidagi paketcha bor. Shu paketchani trimetabol suyuqligi saqlangan shishaga solib chayqatib aralashtirasiz va qabul qilasiz.
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Uyquchanlik, xolsizlik
— Og’iz qurishi
— Allergik reaksiya
— Xira ko’rish kabi holatlar.
— Tinchlantiruvchi ta’sir namoyon qilishi.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— O’tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida .
— Glaukomada
— 2 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga buyurilmaydi.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— Prostata bezi gipertrofiyasida mumkin emas
— Astma xurujlari
— Piloroduodenal stenozda mumkin emas .
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
Kichik yoshli bolalarda epilepsiya (sudorgi , tutqanoq ) kabi kasalliklar bo’lsa trimetabolni bermagan ma’qul . Boshqa xollarda berish mumkin. Chunki preparat yosh bolalarda markaziy nerv sistemasini faoliyatini stimullash ta’siriga ega.
💉Qo’llash — retsepsiz
💉Ishlab chiqaruvchi — Ispaniya
@Farmakologiya_TTA
@Kanal_mundarijasi
,,ТАБЛЕТКА » kanali
Malumotlar
TRIMETABOL sirop