TREMOLIT

TREMOLIT

TREMOLIT (Shveysariyadagi Tremola vodiysi nomidan) — monoklin amfibollar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca2Mg5[Si40M] (ON,Gʻ)2. Rangsiz, kulrang, shishadek yaltiroq. Qattiqligi 6—6,5, zichligi 3 g/sm3 atrofida. Ignasimon kristallar, radialnursimon agregatlar hosil qiladi. Zich yashirin kristalli turi nefrit, ingichka tolali agregatlari asbest deb ataladi; vinchit, geksagonit, mangantremolit kabi turlari ham mavjud. Dolomit va ohaktoshlarning kontaktli oʻzgarishining erta bosqichida xrsil boʻlgan metamorfik mineral. Tremolit metamorfik kristallangan ohaktosh, dolomit, slanes va boshkalar bilan birga uchraydi. Tremolit asbest konlari Italiya (Lombardiya) va Korsika o. da topilgan. Oʻzbekistonda T. ChatqolQurama regionida va Gʻarbiy Oʻzbekistonda tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
TREMOLIT