TREK

TREK

TREK (ing. track — iz, yoʻl) — velosiped va mototsikl sporti boʻyicha mashq va musobaqalar oʻtkaziladigan sport inshooti. Yogʻoch, beton, asfalt yotqizib qurilgan Trek yoʻlkasi qiya burilishlar — virajlar bilan birlashgan 2 toʻgʻri qismdan iborat. Trek ochiq va yopiq boʻladi. Trek yoʻlaklarining uzunligi, odatda, 250 — 500 m, kengligi 6 — 8 m, qoʻshma motovelotrek yoʻlaklari uz. 500—666,7 m, kengligi 8—10 m (yoki undan koʻp) boʻladi. Zamonaviy velotreklar yopiq, ixtisoslashtirilgan va yoʻlaklari yogʻochdan qoplangan. Motovelotreklar esa ochiq holatda boʻlib, yoʻlaklari asfalt bilan qoplanadi. Tokio, Mexiko, Myunxen sh. yaqinidagi, Monreal, Moskva (Krilatskoye) dagi olimpiada T. lari mashhur.

Ensiklopediya.uz
TREK