TRAXEIDLAR

TRAXEIDLAR

TRAXEIDLAR (traxeya va yun. eidos — tur) , naysimon hujayralar — oʻsimliklarning yogʻochlangan ulik hujayralari; suv va unda erigan moddalarning oʻsimlik boʻylab harakatlanishiga xizmat qiladi. Barcha yuksak oʻsimliklarning ksilemasida uchraydi, faqat baʼzi yopiqurugʻlilarda bu funksiyani tomir yoki traxeyalar bajaradi. Traxeidlardan yogʻoch tolalar rivojlanadi.

Ensiklopediya.uz
TRAXEIDLAR