TRAULER

TRAULER

TRAULER (ing. trawler, trawl — yoyma toʻr) — baliq va b. dengiz jonzotlarini tral (konussimon toʻr qop) yordamida ovlash va ularga birinchi ishlov berish (yorib ichini tozalash, yuvish, muzlatish va b.) uchun moʻljallangan kema. T. tral chigʻirlari (lebyodkalari) bilan jixrzlanadi. Chigʻir barabaniga 4 ming metrgacha arqon (vayer) oʻralishi mumkin, natijada 2 km gacha chuqurlikdagi baliklarni ovlashga imkon tugʻiladi. Chigʻir dvigatelining quvvati 450 kVt ga yetadi. Traulerda baliqqa ishlov berish uchun maxsus mashina va mexanizmlar majmui, uni muzlatish uchun sovitish qurilmalari, boshqarish asbobuskunalari boʻladi. Baliqlarni tral yordamida ovlaydigan chigʻirsiz qayiqlar ham bor. Ularda yoyma toʻrni suvga balikchilar tashlaydi va yigʻib oladi.

Ensiklopediya.uz
TRAULER