TRAPP
TRAPP (shvedcha trappa — zina) — trappli oblastlar deb ataladigan, pogʻonali koʻrinishga ega katta maydonlarni egallaydigan (diabaz, gabbrodiabaz, gabbro, dolerit) asosli magmatik tog jinslari guruxining nomi. Trapp qatlamlari tarkibida: monoklinli piroksen, olivin, asosiy plagioklaz, magnetit, apatit, ozroq rombli piroksen va biotit; koʻpgina ikkilamchi minerallar: iddingeit, palagonit, xlorit, seolit, prenit va b. uchraydi. Trapp uchun ofitli, baʼzan mikrolitli struktura xos. T. Yer poʻstining platformali oblastlarida: Sharkiy Sibir (2 mln. km2 chamasi), Hindiston, Jan. Afrika va Jan. Amerikada juda katta maydonlarni egallagan. Uning kalinliga 2 km ga yetadi. Trapp foydali kazilmalarning juda koʻp turi ni oʻz ichiga oladi. Trappning choʻkindi jinslar ichiga kirib borishi neft va gaz uyumlarini buzib yuboradi. Trapp taʼsirida togʻ jinslarining kollektorlik xususiyatlari yaxshilanishi ham kuzatiladi. Ular neft va gaz qopqogʻi boʻlishi xam mumkin. Trapp hosil boʻladigan magmaning differensiatsiyalashgan jarayoni bilan sulʼfidli misnikelʼ konlari (mas., Norilsk rudali rni), platina va temir rudasi konlari (Jan. Afrika) va b. bogʻliq.
Ensiklopediya.uz
TRAPP