TRANSFORMATOR
TRANSFORMATOR (lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada — energiya yoki obyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va b.)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCh (oʻta yuqori chastota) T. i va b. xillargaboʻlinadi. Elektr Transformator oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr Transformatorni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-y. elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-y. uch fazali elektr Transformatorni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar Transformatorni takomillashtirish, quvvati va f. i. k. ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va b. ga doyr ishlar olib borishgan.
Ensiklopediya.uz
TRANSFORMATOR