TRANSFERAZALAR

TRANSFERAZALAR

TRANSFERAZALAR — har xil atomlar guruhini bir organik birikma molekulasi (donorlar)dan ikkinchisi (akseptorlar)ga koʻchirilishi qaytar jarayonini katalizlaydigan fermentlar sinfi. Transferazalar eng katta sinf boʻlib, ularning 500 ga yaqin individual xillari aniklangan. Koʻchirilayotgan guruxdarning turiga qarab, bular aminotransferazalar, fosfotransferazalar, glikoziltransferazalar va b. ga boʻlinadi. Transferazalarning koʻpchiligi faqat koferment (q. Kofermentlar) ishtirokida katalitik faolligini koʻrsatadi, ammo koferment tavsifi koʻchiriluvchi guruh tomonidan belgilanadi. Mas., amin guruxlarning koʻchirilishida perdoksal fosfat, shakarlar qoldigining koʻchirilishida nukleotidlar koferment boʻladi. Transferazalar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, oraliq moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
TRANSFERAZALAR