TRAGEDIYA haqida to’liq ma’lumot oling

TRAGEDIYA haqida to’liq ma’lumot oling

TRAGEDIYA (yun. tragos — echki, ode — qoʻshiq; tragodia — echki qoʻshigʻi) — dramatik tur janrlaridan biri. Tragediya qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi. Tragediyada voqelik ancha jiddiy, ichki qaramaqarshiliklar oʻtkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va keskin tuye oladi. Tragediya badiiy gʻoyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo konfliktning kuchliligi bilan oʻziga xoslik kasb etadi. Tragediya nin g janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Tragediya jahon adabiyoti tarixida mavjud barcha ijodiy metodlarda janr sifatida oʻz mohiyatini sakdab qoldi; ayni chogʻda yangidanyangi imkoniyatlari yuzaga chikdi. Garchand Tragediyada kaxramonlarning takdiri fojia bilan yakun topsa ham, ushbu mohiyatida Tragediya optimistik pafos, adolat va haqiqatning qaror topishi, kjsak insoniy tuygʻularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi.

Tragediyaning paydo boʻlishi antik davr marosimlariga borib taqaladi. Yunonlar «maʼbud» Dionis sharafiga echki soʻyib, bayram tomoshalari oʻtkazganlar. «Tragediya» soʻzidagi «echki qoʻshigʻi» degan lugʻaviy maʼno oʻsha marosimlarga daxldor. Mil. av. 5-a. ga kelib, yunon Tragediyasi kamolat bosqichiga koʻtarildi: Esxil («Zanjirband Prometey»), SofoklShoh Edip»), Yevripid («Elektra») kabi antik davr adabiyoti namoyandalari Tragediya rivojiga ulkan hissa qoʻshdilar.

Gʻarbda T. Uygʻonish va undan keyingi asrlarda ham rivoj topdi. Xususan, Lope de Vega, Kalderoy (Ispaniya), V. Shekspir (Angliya), L. Korpel, J. Rasin, Volter (Fransiya), F. Shiller, I. V. Gyote (Germaniya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi ijodkorlar ijodida Tragediya janrlari oʻzining yuksak imkoniyatlarini namoyon qildi. Oʻzbek adabiyotida esa Tragediyaning goʻzal namunalari A. Fitrat («Adulfayzxon»), M. Shayxzoda («Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulugʻbek») lar tomonidan yaratildi.

Malumotlar
TRAGEDIYA