TRABZON
TRABZON, Trapezund — Turkiyaning shim. sharqiy qismidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Trabzon elining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, kemasozlik, qurilish materallari, tamaki sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zigʻir va jundan turli buyumlar tayyorlanadi. Unt, aeroport mavjud.
Ensiklopediya.uz
TRABZON