Tozalangan suv: uni uy sharoitida tayyorlash mumkin

Tozalangan suv: uni uy sharoitida tayyorlash mumkin

Tozalangan suv: uni uy sharoitida tayyorlash mumkin

Mundarija скрыть
Tozalangan suv: uni uy sharoitida tayyorlash mumkin
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Suv boshqa asosiy oziq moddalari, ya’ni oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kabi tegishli energiya manbaiga ega bo‘lmasa-da, tanadagi barcha hayotiy jarayonlarning me’yorida kechishini ta’minlaydi.
qaynoq suv
Bugungi kunda suvni tozalashning turli texnologik usullari hayotga joriy etilgan. Biz aytmoqchi bo‘lgan usul uy sharoitida, juda qulay va oson bajariladi. Buning uchun suvni kerakli darajada muzlatib, so‘ng qayta eritish kifoya. Bu o‘tkazilgan ilmiy kuzatishlar davomida aniqlangan. Shu usul orqali iste’mol uchun yaroqli, shifobaxsh suv olish mumkin. Bunda dastlab odatdagi ichimlik suvi 1-2 daqiqa davomida qaynatiladi. Shundan so‘ng idishning og‘zi yopilgan holda uning harorati 20-25 darajaga tushguncha sovuq suvda ushlab turiladi. Suv og‘zi keng, tubi tor idishlarga, masalan, piyola yoki stakanlarga solinib, sovutgich muzxonasiga qo‘yiladi va to‘la muzlaganidan keyin olinib, xona haroratida eritiladi. Idishda yong‘oq kattaligidek muz qolganda uni suvdan ajratib, tashlab yuboriladi. Undan foydalanish mumkin emas. Chunki bu muz tarkibida yuqorida qayd qilganimizdek, zararli moddalar to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, eritib olingan suv keraksiz moddalardan tozalandi va uni iste’mol qilish mumkin. Bu suvning foydalilik xususiyatlari kamida 8 soat saqlanadi.
Darvoqe, ushbu suvni birdaniga ichmasdan, bo‘lib-bo‘lib, ya’ni ho‘plab ichilsa yanada foydali bo‘ladi. Maslahatimiz sog‘lom odamlar ham yuqorida aytilgan me’yordagi toza suv miqdorining teng yarmini ichib yurishsa, o‘zlarini kasalliklardan himoyalaydi.
Sh. QURBONOVA,
biolog

soglom.uz/tavsiya/tozalangan-suv-uni-uy-sharoitida-tayyorlash-mumkin/

Tozalangan suv: uni uy sharoitida tayyorlash mumkin