Toza asalni qanday tanlash mumkin?

Toza asalni qanday tanlash mumkin?

Toza asalni qanday tanlash mumkin?

Mundarija скрыть
Toza asalni qanday tanlash mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Asal suv bilan ichilsa, jinsiy quvvatni oshiradi, siydik ajralishini yaxshilaydi, ichak va qovuqdagi yaralar tuzalishi, tozalanishiga yordam beradi. Uni suvda eritib og‘iz bo‘shlig‘i chayqalsa, tomoqdagi yiringli yaralarning so‘rilib ketishiga yordam beradi, bodomcha bezlarning yallig‘lanishiga davo bo‘ladi, og‘izdagi jarohat va yaralar, shuningdek, tanglay, til, xiqildoq, bodomcha bezlar, og‘izdagi illatlarni tozalaydi, milk va tishlarni mustahkamlab, oqartiradi. Ayniqsa, tishga oy mobaynida uch-to‘rt marta asal surtish yaxshi. Shuvoq, o‘rmonzor asali jigarga juda foydali hisoblanadi, tiqinlar so‘rilib ketishiga yordam beradi. Asalli choy balg‘am ko‘chirishda, nafas yo‘llari va o‘pka shamollashida eng yaxshi vosita hisoblanadi. Bulardan tashqari, u bedarmonlikda, sil kasalligida quvvat bag‘ishlaydigan tabiiy davo. Buning uchun asalni sabzi sharbati yoki sut bilan kuniga 60-100 g.dan iste’mol qilish koni foyda. Asal o‘n ikki barmoq ichak yarasiga malham bo‘ladi, me’da-ichak yo‘li, jigar, buyrak, qovuq kasalliklari faoliyatini yaxshilab, yurakka quvvat bag‘ishlaydi. Ma’lumki, glyukoza mushak to‘qimalariga quvvat beruvchi manba hisoblanib, yurak mushaklarini mustahkamlaydi. Shu maqsadda bemorga ko‘p miqdorda qaynoq choy bilan asal berish to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, yurak faoliyati keskin ortib ketadi, badandan bemavrid ter ajralishi kuchayadi, natijada, ortiqcha harakat evaziga yurak zo‘riqib qolishi mumkin. Yurak xastaligi bor bemorlarning asalni oz-ozdan iste’mol qilishi tavsiya etiladi (kuniga 2-3 mahal bir choy qoshiq yoki osh qoshiqdan). Asal sut, suzma, mevalar bilan eyilsa yaxshi foyda beradi. Doimo oz-ozdan asal eb yurilganda yurak faoliyati, qon tarkibi yaxshilanadi, odamning quvvati ortadi, gemoglobin miqdori oshadi va hokazo.
Asal buyrak kasalliklarini davolashda ham foydali. Chunki, uning tarkibida juda oz miqdorda oqsil bo‘lishi bilan birga, ortiqcha tuzlar bo‘lmaydi. Ar-Roziy buyragi xasta bemorlarga 200-400 g.dan asal berib turishni tavsiya qilgan. Buyrak xastaliklarida na’matakli damlama (15 g na’matak 0,5 l suvga) asal bilan yoki bir-ikki stakan miqdorida turp sharbatiga asalni aralashtirib ichiladi. Mabodo buyrakda qum, zarra toshlar bo‘lsa, zaytun moyi, asal hamda limon sharbatini aralashtirib, bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish tavsiya etiladi. Asal qovuq bo‘shlig‘i hamda peshobni ushlay olmaslikda foyda. Tabiblar shamollash kasalliklarida bir qoshiq asalni bir stakan issiq sutga aralashtirib ichishni tavsiya qiladilar. Bir dona limon suvini bir stakan asalga aralashtirib iste’mol qilish ham yaxshi natija beradi. Tumov xastaligining oldini olish uchun sarimsoq po‘stlog‘idan tozalab, qirib, teng miqdorda asal bilan yaxshilab qorishtiriladi. Uxlash oldidan bir choy qoshiqdan qaynatilgan suv bilan 3-5 kun ichiladi. Asal iste’mol qilib turilganda odam organizmining immunobiologik reaktivligi (ya’ni bir qator xastaliklarga nisbatan bardoshliligi) ortadi. Asal sharbati burunga tomizilsa (tortilsa) surunkali tumovdan forig‘ bo‘lish mumkin. Qadimda tabiblar yong‘oq mag‘zini maydalab ezib asalga qorib eyishni quvvatbaxsh omil sifatida tavsiya etganlar. Toza asalning turp sharbati bilan omuxtasi ko‘krakni yumshatadi, balg‘am ko‘chishini osonlashtiradi (turpni yaxshilab yuvib, bandini uzib, ichini o‘yib, to‘ldirib asal solinadi, xona haroratida 5-6 soat qo‘yib saqlanadi). Bu sharbat dardga davo bo‘ladi.
Abu Ali ibn Sino mijoz sustligi hamda befarzandlikda asalli muolajalardan foydalangan. Asal hosil qiluvchi a’zolarning ishini kuchaytiradi, jigar xastaliklariga malham bo‘ladi, shuningdek, me’da osti bezi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, go‘daklar uchun, ayniqsa, ona suti kamligida foydali. Nemis shifokorlari ozish uchun ozroq miqdorda yog‘siz go‘sht, pishloq, sabzavot va mevalar berilishi bilan birga, kuniga 300-400g asalni mevalar yoxud suv bilan iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Bu ozdiribgina qolmay, balki jigar faoliyatini yaxshilaydi, tanadagi ortiqcha moddalardan qutulishga yordam beradi. Asal qabziyatdan xalos etib, ichni mayinlashtiradi. Kuyganda toza asal surtish iztirobli og‘riqqa chek qo‘yishi bilan birga, pufaklar hosil bo‘lishidan saqlaydi. Mushak tortishishida har safar ovqatlanishda 2 choy qoshiqdan asil asalni bir hafta iste’mol etib turilsa, azobdan holi qiladi. Ispaniyalik shifokor Beatris Peres Anduxarning ma’lumotlariga ko‘ra, asal bundan 900 yil muqaddam ko‘hna yunon-olmon xalqlarida qizdirilgan sariyog‘ bilan ko‘krak yoshidagi bolalarning og‘ziga ko‘krak tutishdan oldin bir necha tomchi asal solish odati bo‘lgan. N. P. Ioyrishning yozishicha, bolalar ovqati tarkibiga qo‘shiladigan bir choy qoshiq asal 20-25 g qandga nisbatan afzal. Chunki, asal tarkibida juda ko‘p biologik faol moddalar bor. Bolalarga distrofiya hamda dispepsiyada shirguruchga 3 foiz asal qo‘shish natija beradi. Asalning ajoyib xususiyatlaridan biri – u oqsil, yog‘lar hazm bo‘lishini osonlashtiradi va sut tarkibidagi kazeinni oksidlab juda mayda bo‘lakchalarga ajratadi. Shu tufayli ozuqa moddalar go‘dakning me’dasidan, juda oz fursatda o‘tib ketish xususiyatiga ega bo‘lib, antidipeptogen omil hisoblanadi. Bolalar qusganda, yuqumli kasalliklar (ingibin), qabziyat (bifidogenlik omili), anorektsiyada (xushbo‘y moddalar hamda vitamin V10 mavjud bo‘lganligi tufayli) asal tavsiya qilinadi. Odatda, asal bolalarga choy qoshiqda (taxminan kuniga 30 g) ovqatlanishdan bir soat oldin, shuningdek, ovqatlanishdan ikki-uch soat keyin beriladi. Shunda bolaning a’zolari mustahkamlanib, ishtahasi ochiladi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, iloji boricha bunday muolajalarni shifokor maslahati bilan qilish lozim.
Toza asalni qanday tanlash mumkin? Hozirda asalning bir qancha turlari mavjud bo‘lsada, ulardan inson organizmiga ko‘proq foydali turini ajratib olish qiyin. Asal sifatini aniqlash uchun qadimdan turli usullar qo‘llanilgan. Masalan, asal qoshiqdan uzilmay cho‘zilib oqsa yoki olovga tutilganida yonsa, sifatli hisoblangan. Aholi orasida buning yanada osonroq usuli bor: xarid qilishdan oldin bir tomchi asalga kimyoviy qalam surtib ko‘rilganda tomchida moviy-binafsha rang paydo bo‘lmasa, demak, u haqiqiy asal hisoblanadi. So‘nggi paytlarda rangi va hidi jihatidan toza asaldan farq qilmaydigan «shirinlik»ni asal o‘rnida sotuvchilar ko‘payib qolgani hech birimizga sir emas. Ammo bunday holatlardan saqlanish va asal tarkibidagi yot narsalarni aniqlashning bir necha yo‘llari mavjud: l asal solingan naysimon shishaga distillangan yoki yomg‘ir suvi quyiladi. Asal tezda erib, aralashmalar o‘z-o‘zidan ajralib qoladi; l asal suvda eritilib, bir necha tomchi yod tomiziladi. Uning tarkibida kraxmal yoki un bo‘lsa, eritma zangori tus oladi; l asalga shakar qiyomi qo‘shilganini aniqlash uchun bir choy qoshiq asalni yarim stakan suvda eritib, ozroq miqdorda kumush nitrat (lyapis) eritmasidan qo‘shilganda, stakan tubida oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Toza asalning shifobaxsh xususiyatlarini saqlash uchun qalay, temir, tunuka, mis idishlarda emas, balki, rangli va shisha idishlar, shuningdek, og‘zi mahkam yopiladigan chinni, sopol buyumlarda saqlash lozim. Bundan tashqari, quyosh nuri va isitish moslamalaridan uzoqroqda saqlagan ma’qul. Azimjon JO‘RAEV, tibbiyot fanlari doktori, professor.

DO`STLARGA ULASHING:

Asal – hayot sharbati. Saxovatli tabiatda qadim zamonlardan asalning shifobaxsh xosiyati ma’lum. Tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning yozishicha asal mijozni tozalaydi, tomir yo‘lini ravon qiladi, ho‘llik va gazakni shimdiruvchi quvvati bor. U ho‘llik va gazakni badanning chuqur erlaridan tortadi, go‘shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, chirkli chuqur yaralarni tozalaydi. Asal ko‘z xiraligini ketkazadi. Uni tanglay bilan ezib so‘rish va g‘arg‘ara qilish bo‘g‘madan xalos etishga yordam beradi. Asal suvi me’dani kuchaytiradi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Achchiqtosh bilan mushtaraklikda temiratkiga davo bo‘ladi. Navqironlikni saqlash uchun, ayniqsa, yoshi 45 dan oshgan kishilar asaldan tez-tez iste’mol qilib turishlari kerak.
Muhammad Husayn ibn Muhammad al-Oqiliy «Maxzan-ul-ladviya» («Davolar xazinasi») kitobida asalning xosiyatlari haqida to‘xtalib, unga yuksak baho beradi. Asal a’zolarni tozalaydi, tiqilmalarni ochadi, me’da-ichak devorlaridagi xiltlarni yo‘qotadi, miyani ortiqcha va zararli narsalardan musaffo etadi, falaj, istisqo, sariq kasalliklariga davo bo‘ladi. Salomatlikni yaxshi saqlash uchun har kuni nahorda asalni suv bilan aralashtirib ichib turish lozim. Asal ko‘krak va plevrani yaxshi tozalaydi, taloq kasalliklarini davolashda foydalaniladi, el hosil bo‘lishini to‘xtatadi, buyrak, qovuqdagi toshlarning erishiga yordam qiladi, zo‘riqib siyishda engillik beradi.
c85691abccbdb1b75de95fa9cb16e4bd
Asal suv bilan ichilsa, jinsiy quvvatni oshiradi, siydik ajralishini yaxshilaydi, ichak va qovuqdagi yaralar tuzalishi, tozalanishiga yordam beradi. Uni suvda eritib og‘iz bo‘shlig‘i chayqalsa, tomoqdagi yiringli yaralarning so‘rilib ketishiga yordam beradi, bodomcha bezlarning yallig‘lanishiga davo bo‘ladi, og‘izdagi jarohat va yaralar, shuningdek, tanglay, til, xiqildoq, bodomcha bezlar, og‘izdagi illatlarni tozalaydi, milk va tishlarni mustahkamlab, oqartiradi. Ayniqsa, tishga oy mobaynida uch-to‘rt marta asal surtish yaxshi. Shuvoq, o‘rmonzor asali jigarga juda foydali hisoblanadi, tiqinlar so‘rilib ketishiga yordam beradi.
Asalli choy balg‘am ko‘chirishda, nafas yo‘llari va o‘pka shamollashida eng yaxshi vosita hisoblanadi. Bulardan tashqari, u bedarmonlikda, sil kasalligida quvvat bag‘ishlaydigan tabiiy davo. Buning uchun asalni sabzi sharbati yoki sut bilan kuniga 60-100 g.dan iste’mol qilish koni foyda. Asal o‘n ikki barmoq ichak yarasiga malham bo‘ladi, me’da-ichak yo‘li, jigar, buyrak, qovuq kasalliklari faoliyatini yaxshilab, yurakka quvvat bag‘ishlaydi. Ma’lumki, glyukoza mushak to‘qimalariga quvvat beruvchi manba hisoblanib, yurak mushaklarini mustahkamlaydi. Shu maqsadda bemorga ko‘p miqdorda qaynoq choy bilan asal berish to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, yurak faoliyati keskin ortib ketadi, badandan bemavrid ter ajralishi kuchayadi, natijada, ortiqcha harakat evaziga yurak zo‘riqib qolishi mumkin. Yurak xastaligi bor bemorlarning asalni oz-ozdan iste’mol qilishi tavsiya etiladi (kuniga 2-3 mahal bir choy qoshiq yoki osh qoshiqdan). Asal sut, suzma, mevalar bilan eyilsa yaxshi foyda beradi. Doimo oz-ozdan asal eb yurilganda yurak faoliyati, qon tarkibi yaxshilanadi, odamning quvvati ortadi, gemoglobin miqdori oshadi va hokazo.
Asal buyrak kasalliklarini davolashda ham foydali. Chunki, uning tarkibida juda oz miqdorda oqsil bo‘lishi bilan birga, ortiqcha tuzlar bo‘lmaydi. Ar-Roziy buyragi xasta bemorlarga 200-400 g.dan asal berib turishni tavsiya qilgan. Buyrak xastaliklarida na’matakli damlama (15 g na’matak 0,5 l suvga) asal bilan yoki bir-ikki stakan miqdorida turp sharbatiga asalni aralashtirib ichiladi. Mabodo buyrakda qum, zarra toshlar bo‘lsa, zaytun moyi, asal hamda limon sharbatini aralashtirib, bir osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish tavsiya etiladi. Asal qovuq bo‘shlig‘i hamda peshobni ushlay olmaslikda foyda. Tabiblar shamollash kasalliklarida bir qoshiq asalni bir stakan issiq sutga aralashtirib ichishni tavsiya qiladilar. Bir dona limon suvini bir stakan asalga aralashtirib iste’mol qilish ham yaxshi natija beradi. Tumov xastaligining oldini olish uchun sarimsoq po‘stlog‘idan tozalab, qirib, teng miqdorda asal bilan yaxshilab qorishtiriladi. Uxlash oldidan bir choy qoshiqdan qaynatilgan suv bilan 3-5 kun ichiladi. Asal iste’mol qilib turilganda odam organizmining immunobiologik reaktivligi (ya’ni bir qator xastaliklarga nisbatan bardoshliligi) ortadi. Asal sharbati burunga tomizilsa (tortilsa) surunkali tumovdan forig‘ bo‘lish mumkin.
Qadimda tabiblar yong‘oq mag‘zini maydalab ezib asalga qorib eyishni quvvatbaxsh omil sifatida tavsiya etganlar. Toza asalning turp sharbati bilan omuxtasi ko‘krakni yumshatadi, balg‘am ko‘chishini osonlashtiradi (turpni yaxshilab yuvib, bandini uzib, ichini o‘yib, to‘ldirib asal solinadi, xona haroratida 5-6 soat qo‘yib saqlanadi). Bu sharbat dardga davo bo‘ladi.
Abu Ali ibn Sino mijoz sustligi hamda befarzandlikda asalli muolajalardan foydalangan. Asal hosil qiluvchi a’zolarning ishini kuchaytiradi, jigar xastaliklariga malham bo‘ladi, shuningdek, me’da osti bezi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, go‘daklar uchun, ayniqsa, ona suti kamligida foydali.
Nemis shifokorlari ozish uchun ozroq miqdorda yog‘siz go‘sht, pishloq, sabzavot va mevalar berilishi bilan birga, kuniga 300-400g asalni mevalar yoxud suv bilan iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Bu ozdiribgina qolmay, balki jigar faoliyatini yaxshilaydi, tanadagi ortiqcha moddalardan qutulishga yordam beradi.
Asal qabziyatdan xalos etib, ichni mayinlashtiradi. Kuyganda toza asal surtish iztirobli og‘riqqa chek qo‘yishi bilan birga, pufaklar hosil bo‘lishidan saqlaydi. Mushak tortishishida har safar ovqatlanishda 2 choy qoshiqdan asil asalni bir hafta iste’mol etib turilsa, azobdan holi qiladi.
Ispaniyalik shifokor Beatris Peres Anduxarning ma’lumotlariga ko‘ra, asal bundan 900 yil muqaddam ko‘hna yunon-olmon xalqlarida qizdirilgan sariyog‘ bilan ko‘krak yoshidagi bolalarning og‘ziga ko‘krak tutishdan oldin bir necha tomchi asal solish odati bo‘lgan.
N. P. Ioyrishning yozishicha, bolalar ovqati tarkibiga qo‘shiladigan bir choy qoshiq asal 20-25 g qandga nisbatan afzal. Chunki, asal tarkibida juda ko‘p biologik faol moddalar bor. Bolalarga distrofiya hamda dispepsiyada shirguruchga 3 foiz asal qo‘shish natija beradi. Asalning ajoyib xususiyatlaridan biri – u oqsil, yog‘lar hazm bo‘lishini osonlashtiradi va sut tarkibidagi kazeinni oksidlab juda mayda bo‘lakchalarga ajratadi. Shu tufayli ozuqa moddalar go‘dakning me’dasidan, juda oz fursatda o‘tib ketish xususiyatiga ega bo‘lib, antidipeptogen omil hisoblanadi.
Bolalar qusganda, yuqumli kasalliklar (ingibin), qabziyat (bifidogenlik omili), anorektsiyada (xushbo‘y moddalar hamda vitamin V10 mavjud bo‘lganligi tufayli) asal tavsiya qilinadi. Odatda, asal bolalarga choy qoshiqda (taxminan kuniga 30 g) ovqatlanishdan bir soat oldin, shuningdek, ovqatlanishdan ikki-uch soat keyin beriladi. Shunda bolaning a’zolari mustahkamlanib, ishtahasi ochiladi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, iloji boricha bunday muolajalarni shifokor maslahati bilan qilish lozim.
Toza asalni qanday tanlash mumkin?
Hozirda asalning bir qancha turlari mavjud bo‘lsada, ulardan inson organizmiga ko‘proq foydali turini ajratib olish qiyin. Asal sifatini aniqlash uchun qadimdan turli usullar qo‘llanilgan. Masalan, asal qoshiqdan uzilmay cho‘zilib oqsa yoki olovga tutilganida yonsa, sifatli hisoblangan. Aholi orasida buning yanada osonroq usuli bor: xarid qilishdan oldin bir tomchi asalga kimyoviy qalam surtib ko‘rilganda tomchida moviy-binafsha rang paydo bo‘lmasa, demak, u haqiqiy asal hisoblanadi. So‘nggi paytlarda rangi va hidi jihatidan toza asaldan farq qilmaydigan «shirinlik»ni asal o‘rnida sotuvchilar ko‘payib qolgani hech birimizga sir emas. Ammo bunday holatlardan saqlanish va asal tarkibidagi yot narsalarni aniqlashning bir necha yo‘llari mavjud:
l asal solingan naysimon shishaga distillangan yoki yomg‘ir suvi quyiladi. Asal tezda erib, aralashmalar o‘z-o‘zidan ajralib qoladi;
l asal suvda eritilib, bir necha tomchi yod tomiziladi. Uning tarkibida kraxmal yoki un bo‘lsa, eritma zangori tus oladi;
l asalga shakar qiyomi qo‘shilganini aniqlash uchun bir choy qoshiq asalni yarim stakan suvda eritib, ozroq miqdorda kumush nitrat (lyapis) eritmasidan qo‘shilganda, stakan tubida oq cho‘kma hosil bo‘ladi.
Toza asalning shifobaxsh xususiyatlarini saqlash uchun qalay, temir, tunuka, mis idishlarda emas, balki, rangli va shisha idishlar, shuningdek, og‘zi mahkam yopiladigan chinni, sopol buyumlarda saqlash lozim. Bundan tashqari, quyosh nuri va isitish moslamalaridan uzoqroqda saqlagan ma’qul.
Azimjon JO‘RAEV, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Manba: Uzssgzt.uz

Toza asalni qanday tanlash mumkin?