TOYOTA

TOYOTA

«TOYOTA» — Yaponiyaning «Toyota» moliyaishlab chiqarish. guruhiga kiruvchi eng yirik avtomobil kompaniyasi. Jahonda AQSHning «Jeneral motore» va «Ford motor» kompaniyalaridan keyin 3urinda turadi. Bosh idorasi Toyota sh. da. «Toyota» avtomobil kompaniyasi dastlab 1935-y. da toʻkimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zdning bir boʻlinmasi sifatida sanoatchi Kipchiro Toyoda tomonidan tashkil etilgan. 1937-y. dan «Toyota motor» kompaniyasi. 1947-y. dan «Toyota» yengil avtomobili ishlab chiqarildi. 1950-y. dan yangi konstruksiyadagi avtomobillarning turi va soni yil sayin ortib bordi. Shuningdek, old va orqa oʻkdari orqali harakatlanadigan, har qanday yoʻlda yura oladigan «Land Kryuzer» modelini ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi.

Ensiklopediya.uz
TOYOTA