TOXARLAR
TOXARLAR, toʻxorlar — Markaziy Osiyoning kadimiy etnoslaridan biri. Ilk marotaba yunonrim manbalarida toxar, tagur (mil. av. 1 — mil. 1-a. lar), keyinroq esa, ilk oʻrta asrlarda hind manbalarida tukxara, xitoy yilnomalarida tuxolo, qad. turk manbalarida toqar (toʻqar), toxri (toʻxri) shakllarida qayd etiladi. Koʻpchilik olimlar (E. V. Rtveladze, Yu. A. Zuyev) T. ni hindevropa tillari oilasining alohida tarmogʻi hisoblaydilar. Baʼzi tadqiqotchilar (G. V. Bayle, V. Genning) esa ularni hindevropa til oilasining eron guruhiga kiritadilar. Yunon manbalaridan maʼlum boʻlishicha, Toxarlar mil. av. 2-a. oʻrtalarida bir guruh koʻchmanchi qabilalarning Sharqiy Turkistondan chiqib, jan. gʻarbda YunonBaqtriya podsholigshsh bosib olishida ishtirok etadilar va Amudaryoning yuqori havzasida joylashib qoladilar. Ptolemey (mil. 1-a.) T. ni «Baqtriyaning eng katta xalqi» sifatida tilga oladi. Ilk oʻrta asrlarda Baktriya oʻlkasining Toxarispgon nomi bilan yuritila boshlanishi ham ularning milodning ilk asrlaridan boshlab Baqtriya aholisining koʻp sonli va hukmron tabaqasini tashkil etganligini koʻrsatadi. Baqtriya oʻlkasi qad. Xitoy yilnomalarida Dasya shaklida qayd etiladiki, tadqiqotchilar uning toxar soʻzining xitoycha talaffuzidir, deb hisoblaydilar.
Ensiklopediya.uz
TOXARLAR