Tovush va harf

Tovush va harf

Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan:

Dars tahlillari va ularni amaliyotga qo`llash

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g`ri qo’yishi, dars jarayonini to’g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan:

  • dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik;
  • interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
  • dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
  • o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
  • o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
  • o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
  • o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
  • mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik;
  • mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
  • sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi;
  • O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.

Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.

Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.

Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug`iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.

Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:

  • ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
  • o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;
  • ilg`or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish;
  • o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi;
  • o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish;
  • dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish;
  • ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish;
  • darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi.

Dars – o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi.

Tovush va harf

1993 yildan boshlab o’zbek tili yozuvi uchun lotin
grafikasi asos qilib olindi.
O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni
tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni tahlil
qilishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz
qilingandan so’ng, odatda, shu tovush so’z boshida,
o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan
so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi.

4.

1-sinfda fonetika va grafikani (fonetika yunoncha
phone —tovush; grafika yunoncha grafike — chizuv)
o‘rganishga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilar so‘zni
to‘g‘ri talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish,
o‘rganiladigan har bir tovushni aytilishi va yozilishini
qunt bilan o‘zlashtirish uchun analiz, sintez,
taqqoslash, guruhlash singari aqliy mashqlarni
o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida muntazam bajaradi.
Shunda ular so‘zlar tarkibidagi tovushlarning tabiati,
o‘zaro ta’siri kabi ayrim boshlang‘ich bilimlarni
egallash malakasiga ega bo‘lishadi.

5.

1)
2)
3)
4)
1-sinfning «Ona tili» darsligida (2-yarim yillikda)
berilgan mashqlar asosida o‘quvchilar so‘zning tovush
tarkibini aniqlashadi, so‘zdagi tovushlarni tartib bilan
aytishga va yozuvda ifoda etishga o‘rganishadi. Shu
tarzda ular o‘zbek alifbosi haqida quyidagicha
ma’lumotga ega bo‘ladilar:
— o‘zbek alifbosida faqat bir nutq tovushini
ifodalaydigan harflar 24 ta;
— ikki harf birikmasi bilan ifodalanadigan nutq
tovushlari —3 ta (sh, ch, ng);
— bir belgi bilan nomi o‘zgargan harflar 2 ta (o—o‘,
g—g‘);
— umumiy harflar soni 29 ta, tovushlar esa 30 ta
(«j» harfi ikki tovushni bildiradi: jajji, jurnal).

6.

Jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, j, q y, l, m, n, r, ng
Jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, x q, q
Bolalar jufti yo’q jarangli undoshlar so’zning
oxirida kеlganda ham talaffuzi yozilishiga mos
kеlishini bilib olishlari еtarli. Jufti bor jarangli
undoshlar so’z oxirida kеlganda bunday
moslik bo’lmaydi.

7.

O’quvchilar undosh tovushlarning imlosi
yuzasidan quyidagi ko’nikma va malakalarni
hosil qilishi kеrak.
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh
tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kеlgan jufti bor jarangli undosh
tovushning jarangsiz jufti eshitilishini, shuning
uchun bunday so’zni tеkshirish kеrakligini.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin
kеlganda boshqa tovush bilan almashmasligini.
4. Tеkshiruvchi va tеkshiriluvchi so’zdagi
undosh harfni taqqoslash (kitobi-kitob).

8.

Tovush murakkab tushuncha
bo’lgani
uchun boshlang’ich
sinflarda unga ta’rif berilmaydi,
ammo amaliy ishlar olib boriladi.
Bunda yetakchi usul so’zdagi
tovushlarning talaffuzi, so’zning lеksik
ma’nosi, so’zdagi tovushlarning tarkibiga
bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.
Masalan: ota-ona, kul-gul.

9.

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi,
chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi.
1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari
lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda
ifodalanadigan belgisi.

10.

2—4-sinflarda ham so‘zni tovush
tomonidan tahlil qilish mashqlari
o‘tkazilib, fonetik bilimlar
takomillashtirib boriladi.
3-sinfda undosh tovushlar
ovozningishtirok etishi yoki ishtirok
etmasligiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz
bo‘ladi, deb o‘rgatiladi.

11.

So’zning tovush tarkibi ustida
ishlash savod o’rgatish davridayoq
boshlanadi. Ular so’zni tovush tomondan
tahlil qilishga o’rganadi. Masalan: yoz
so’zida y, o, z; bulut so’zida b, u, l, u, t
tovushlari borligini aytishlari zarur.
Bu esa so’zdagi harflarni tushirib
qoldirmay yozish va to’g’ri talaffuz
qilishga yordam bеradi. So’zning tovush
tarkibi ustida ishlash 2-3-4 sinflarda ham
davom ettiriladi.

12.

Tovushlar 2 guruhga bo’linadi: unli va
undosh tovushlar. Uni o’quvchilarga
tushuntirishda quyidagi bеlgilar hisobga
olinadi:
1. Talaffuz qilinish usuli.
2. Ovoz va shovqinning ishtiroki
3. Bo’g’in hosil qilish xususiyati

13.

Tovush-harf tahlili
O’quvchilar savod o’rgatish davrida tovush, harf haqida
amaliy ko’nikmalarni egallaydilar. 1-2-sinflarda tovushlar
va harflarga oid asosiy bilimlar o’quvchilarning savod
o’rgatish jarayonida o’rgangan amaliy bilimlariga
asoslangan holda olib boriladi. Boshlang’ich sinflarning
dastlabki yillari, 1-2-sinflar tahlilga tayyorlov davri
hisoblanadi. 3-sinfdan boshlab tahlil ishlarini tashkil etish
mumkin. 3-4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid
bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanadi. So’zlarni
tovush-harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi.

14.

1-2-sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil
dasturning “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”
bo’limlarini o’rganish jarayonida og’zaki va
yozma shaklda o’tkazib boriladi.
3-4-sinflarda “Tovush va harflar” bo’limi
yuzasidan quyi sinflarda o’tilganlar takrorlanadi.
Shu davrda tahlil mashqlarini uyushtirish
mumkin. 3-4-sinflarda tahlil sharoitni hisobga
olgan holda o’quvchilar jamoa bo’lib yoki
mustaqil bajarishlari mumkin

15.

Tovush-harf tahlili ona tili darslarida imlosi
va talaffuzi qiyin so’zlarni o’rgatishda,
yozma ishlar tahlili darslarida ham
uyushtiriladi.
3-4-sinfda yozma ishlar tahlili darslarida
o’quvchilar imloviy xatoga yo’l qo’ygan
so’zlar ustida ishlashda tovush-harf tahlilini
mustaqil ish qilib berish mumkin. Masalan,
o’quvchi diktant yozish jarayonida “Fahm”
so’zida imloviy xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa,
shu so’zni tovush-harf tomonidan tahlil
qilish mustaqil ish qilib beriladi.

16.

1-4 -sinflarda tovush-harf
tahlilining vazifasi
1-4 -sinflarda tovush-harf tahlilining
vazifasi so’z tovushlarining tartibini,
ularning xususiyatlarini, tovushlar va
harflar o’rtasidagi munosabatni aniqlash
hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda tovushharf tahlili quyidagi tartibda o’tkaziladi:

17.

Boshlang’ich sinflarda tovush-harf
tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So’zda nechta bo’g’in bor,
nechanchi bo’g’in urg’uli?
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor?
(Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko’p
bo’lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4. Har bir tovushni xarakterlash.
Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?

18.

1-sinf uchun tovush-harf tahlil tartibi:
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilish.
2. Harflar soni.
3. Tovushlar soni.
4. Unlilar son.
5. Undoshlar soni.
6. Bo’g’inlar soni.
Og’zaki tahlil namunasi.
Daftar – 6 ta tovush, 6 ta harf (d,a,f,t,a,r) bor.
Unli tovushlar: 2 ta (a, a)
Undosh tovushlar: 4 ta (d, f, t, r)
Daftar – ikki bo’g’indan iborat: daf-tar

19.

2-sinfda tovush-harf tomondan tahlil
2-sinfda “Tovushlar va harflar” bo’limini o’rganish
davom ettiriladi. Bu sinfda quyi sinfda o’rganilganlar
takrorlanadi:
jarangli va jarangsiz undosh
tovushlar, ularni harf bilan belgilash, so’z oxiridagi
jarangli tovushlarningjarangsiz jufti eshitilishi,
ba’zi so’zlarning talaffuzida undoshlarning tushib
qolishi haqida nazariy bilimlar beriladi, amaliy
ko’nikmalar hosil qilinadi.
3-4-sinflarda esa tovushlar hva harflarga oid bilimlar
chuqurlashtiriladi,mustahkamlanadi.

20.

2-4-sinflarda tovush-harf tomondan tahlil
tartibi:
1. So’zni to’g’ri talaffuz qilish.
2. So’zdagi tovushlar va harflar soni.
3. Unli tovushlar soni.
4. Undoshlar tovushlar soni.
5. Jarangli undoshlar.
6. Jarangsiz undoshlar.
7. So’zdagi bo’g’inlar soni.

21.

4-sinf darsligidagi 103-mashq
4-sinf darsligidagi 103-mashqda
“qaldirg’och” so’zini tovush-harf tomondan
tahlil qilish so’ralgan va quyidagi
namuna berilgan:
Tovush-harf tahlili tartibi.
Zag’cha (zag’cha) – 5 ta tovush,
4 – ta harf, 1 – harf birikmasi.
Unli tovushlar: a, a.
Undosh tovushlar: z, g’, ch.
Jarangli undoshlar: z, g’.
Jarangsiz undosh: ch.

22.

Tahlil namunasi: “Kitob” so’zi
1. So’zda ikki bo’g’in bor. Ikkinchi bo’g’in –
urg’uli: ki-tób.
2. So’zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So’zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor.
4. k – undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan
i – unli tovush, i harfi bilan ifodalangan
t – undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan
ifodalangan
o – unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
b – undosh tovush, jarangli, b harfi bilan
ifodalangan

23.

Tahlil namunasi: “Sahifa” so’zi.
So’zda uchta bo’g’in bor: sa-hi-fa
So’zda oltita tovush, oltita harf bor.
So’z uch unli tovush, uch undosh tovushdan iborat.
s – undosh tovush, jarangsiz, s harfi bilan
ifodalangan.
a – unli tovush, a harfi bilan ifodalangan,
h – undosh tovush, jarangsiz,yozuvda
h – harfi bilan ifodalangan.
i-unli tovush, i harfi bilan ifodalangan.
f undosh tovush, jarangsiz, f harfi bilan
ifodalangan.

24.

Og’zaki tahlil namunasi:
Tong so’zida 3ta tovush,
2ta harf (t,o, )
1 ta harf birikmasi (ng) bor.
Unli tovushlar: 1ta (o)
Undosh tovushlar: 2ta (t, ng)
Jarangli undoshlar: 1ta (ng)
Jarangsiz undoshlar: 1ta (t)
Tong so’zi bir bo’g’inli.

25.

Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlil
Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan
tahlildan so’zning yozilishini tushuntirishda
ham, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rgatish
maqsadida ham foydalaniladi. Masalan,
maktab so’zi oxirida b undoshi p tarzida
talaffuz qilinadi, jufti bor undosh,
tekshiramiz: maktabim – maktab, b harfi
yoziladi.

26.

Izohli diktant
Tovush-harf tomonidan tahlil qilishda izohli
diktantda ham o’rgatiladi.
Izohli diktant o’quvchilarning qobiliyatiga qarab
ikki xil o’tkaziladi. O’quvchi, odatda,
o’qituvchining ko’rsatmasi bilan ma’lum so’zning
yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin
izohlaydi. So’zning yozilishini bo’g’in-tovush,
tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani
tatbiq etadi. Bu diktantda o’quvchilar qoidalarga
oid so’zlarning tagiga chizadilar.

27.

Masalan:“Odob –inson ziynati”
Odob : O-dob. Ikki bo’g’in. Birinchi
bo’g’inida o; ikkinchi bo’g’inida d, o, b
tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi
tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p
tovushini ifodalovchi harfning yozilishini
tekshirib aniqlaymiz. Buning uchun so’z
oxiriga i tovushini qo’shamiz va aytamiz:
odobi. b tovushi yozilar ekan” kabi
izohlanadi.

28.

Quyida tovush-harf tomonidan
tahlil qilish uchun materiallar havola
qilinadi.
1- topshiriq
Istiqlol so’zini tahlil qiling.

29.

2- topshiriq
She’rni ifodali o’qing. Ajratib ko’rsatilgan
so’zlarni tovush-harf tomonidan
tahlil qiling.
Dadil qadam tashlagaysan,
Jahonaro yashnagaysan.
Xalqni baxtga boshlagaysan,
Baxt makonim, O‘zbekiston.

30.

3- topshiriq
Nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan harflarni
qo’yib, so’zlarni ko’chiring.
Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni yozma tovushharf tomonidan tahlil qiling.
Ozo. , odo.li, muro. , ziyna. , i.rok.

31.

4- topshiriq
Yonma-yon kelgan bb, ll undoshlar
qatnashgan 4 ta so’z topib yozing
Ulardan ikkitasini tovush-harf tomonidan
tahlil qiling.

32.

2-4-sinf o’quvchilarini tovush-harf tomonidan
tahlilga o’rgatishda quyidagi jadvaldan foydalanish ham
mumkin.

33.

Chiroyli
Tovush Harf
7 ta
Unli harf
6 ta 3 ta
1 ta i,o,i
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
4 ta
r,y,l
Ch,r,y,l
Ch
3 ta
chi-roy-li

34.

shamol
Tovush Harf
5 ta
Unli harf
4 ta 2 ta
1 ta a,o
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
3 ta
sh,m,l
m,l
sh
2 ta
Sha-mol

35.

shodlan
Tovush Harf
6 ta
Unli harf
5 ta 2 ta
1 ta o,a
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
4 ta
Sh,d,l,
n
d,l,n
sh
2 ta
Shod-lan

36.

keling
Tovush Harf
5 ta
Unli harf
4 ta 2 ta
1 ta e,i
harf
birikmasi
Undosh
harf
Jarangli
Jarangsiz Bo’g’in
undoshlar undoshlar
3 ta
K,l,ng
l,ng
k
3 ta
Ke-ling

Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI. Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish . ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI. 2 soat amaliy .

Uploaded on Jan 20, 2014

Download Presentation

Boshlang’ich sinf o na tili darslarida yozma ish ( diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq ) turlaridan foydalanish

Presentation Transcript
  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Boshlang’ich sinf ona tili darslarida yozma ish (diktant, bayon, insho, ijodiy topshiriq) turlaridan foydalanish ANDIJON VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 2 soat amaliy
  2. Maqsad: Tinglovchilargaona nili darslariga qo’yilgan talablarni to’la yoritib berish. REJA Ko’rgazma: Rasmli ko’rgazmalar, tarqatma materiallar. Kutilayotgan natija:Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, yozma nutqni o’stirish, ona tili faniga mehr-muxabbatni oshirish. Tayanch iboralar:Adabiy, sinonim, kompleks. Ona tili darslariga qo’yiladigan talablar Ona tili daslarining maqsadi va vazifalari Ona tili darslarning turlari Yozma ishlar (diktant, bayon, insho)ni o’tkazish usullari
  3. Ona tili darslariga qo’yilgan asosiy talablar • O’quvchining onggida fonetik, grammatik va orfografik tushunchalarni shakllantirish • Asosiy fonetik va grammatik tushunchalar yordamida imloviy malakalarini shakllantirish. • Og’zaki va yozma nutq uzviyligi, uygpunligini ta’minlash, muntazam ravishda mavzuga bog’liq holda yozma nutq ustida ishlash: ijodiy matnning mantiqiy jihatdan to’g’riligini, fikr izchilligini, lugpaviy me’yorini ta’minlash. • Mashg’ulotlarda turli didaktik vositalardan to’g’ri va unumli foydalanish: ta’limiy o’yinlar izchilligi va hilma-xilligi, qizqarli bo’lishga erishish • Mavzuni muammoli ravishda yetkazishda turli Noan’anaviy usullardan foydalanish, mashqlarning tizimi va optimal variantlariga ehtibor berish. • O’quvchilarning fikrlash darajasini o’stirib borish: mashg’ulot vositalari mazmunidan kelib chiqib tarbiyaviy jihatlarga ehtibor berish.
  4. Savod o’rgatish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining asosiy bo’limlari Gramma-tika va imlo metodikasi. O’qish metodikasi O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi.
  5. “Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi . Bola 2-3 yil ichida shuncha ko’p narsa o’rganadiki, kop narsa bilib oladiki, 20 yil qund bilan va metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham, uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilining ulug’ pedagogligi ham ana shundadir”. K.D.Ushinskiy
  6. Boshlang’ich sinflardaona tilidanmashg’ulotlar turiva mazmuni O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda O’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Birinchi sinfga kelgan bolalarga o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni takomillashtira borib, malakaga aylantirish. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish, ifodali nutq va stilistik (uslubiy) elementlarni egallash. Grammatika, fonetika, leksinadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalar sistemasini shakllantirish. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy ommabop va boshqa adabiyotlar na’munasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish.
  7. DARS TIPLARI Yangi bilim berish darslari Takrorlash va umum-lashtirish darslari Mustahkamlash darslari Aralash darslar Bilim, malakalar tekshirish va baholash darslari Bulardan tashqari diktant bayon va insholar yozish darslari ham o’tkaziladi. Har bir dars tipida amalga oshiriladigan vazifalar O’qituvchi diqqat markazida bo’lishi lozim.
  8. Yangi bilim berish darslari vazifalari: – O’quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalarni hosil qilish; – yangi mavzuni oldin o’tilgan mavzular tizimiga kiritish, o’hshash va farqli tomonlarini ko’rsatish. – yangi mavzuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish: – mavzuni amaliy ahamiyatini o’qtirish: – yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlarni qathiy izchillikda yetkazish: – shu mashg’ulotning o’zida yangi bilim asosida shakllangan ko’nikmani teksthirib olish. – mavzu ustida ishlashda belgilangan usul, tamoillarga rioya etish. – dars jarayonida O’quvchilar faoliyatini kuchaytirib borish; ularning psixologik xususiyatlarini xisobga olish, fikrlash darajalarini rivojlantirib borish.
  9. Mustahkamlash darslari vazifalari: – mashg’ulotlarda shakllanadigan ko’nikma, malakalar mehyorini bilib olish: – o’tkaziladigan mashqlar tizimini belgilab ularning bajarilishi izchilligini ta’minlash. • og’zaki va yozma mashq turlarini maqsadga muvofiq o’tkazish, mashqlarning o’yin turlaridan unumli foydalanish. • mustahkamlash davomida O’quvchilarga differentsial va individual ravishda munosabatda bo’lish. • Har bir mashq turining topla va mukammal bajarilishiga erishish. • Mashg’ulot davomida O’quvchilarning mustaqilligini ta’minlash va faolliklarini oshirib borish. • Oshib qolgan vaqt uchun doimo zahirada qo’shimcha mashq bo’lishiga ehtibor berish • O’quvchilar bajargan topshiriqlarni imkon darajasida teksthirib, baxosini izoxlab berish. • Mashqlar davomida O’quvchilarni o’ta toshqtirmaslik uchun Jismoniy harakat o’yinlaridan mehyorida foydalanish.
  10. Bilim, ko’nikma, malakalarni teksthirish va baholash darslari vazifalari. – teksthiriladigan bilim, ko’nikma va malakalar mehyorini oldindan belgilab olish. – teksthirish shakllari, usullarini aniq belgilab, ularga qathiy rioya etish. – teksthirishni muayyan tizim va izchillikda olib borish. – teksthirish uchun belgilangan savol va topshiriqlarning aniq, puxtaligini ta’minlash. – teksthirishning qiziqarli, o’yin tusidagi turlaridan umumli foydalanish, test, va turli usullarining optimal variantlarini izlash. – teksthirish va baholash davomida O’quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga jiddiy ehtibor berish: Rag’batlantirish va takbex berishning tahsirli, tarbiyaviy jixatlarini ta’minlash – teksthirish va baxolashning uyg’unligiga erishish. – teksthirish va baholash davomida o’zlashtirishdagi nuqsonlarini bartaraf etib borish.
  11. Takrorlash va umumlashtirish darslari vazifalari. – takrorlanadigan ma’lumotlar, tushunchalar mehyorini belgilab olish. – takrorlash va umumlashtiruvchi suxbatda qathiy tizim hamda izchillikka rioya qilish – takrorlash va umumlashtirishda muayyan mavzular bo’yicha qo’llangan ko’rgazmali vosita va tarqatma varaqalardan foydalanib borish. – takrorlash va umumlashtirish davomida O’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari va malakalarini hisobga olish, ularni yodga tushirish usullarini qo’llash – takrorlash va umumlashtirishda qo’shimcha mashqlar turlarini og’zaki yoki yozma ravishda o’tkazib borish. – takrorlash va umumlashtirish davomida O’quvchilar faoligini oshirib borish – umumlashtirish yakunida muayyan xulosalarni chiqarish.
  12. Aralash darslar vazifalari – yangi bilm xajmi, mavzu ustida ishlash bosqichlari, mustahkamlash mashqlar tizimi va O’quvchilarning bilim ko’nikma, malakalarini teksthirish jarayoniga qathiy tartibda rioya qilish. -bosqichlar orasidagi bog’lanish, izchillikda uzilishiga yo’l qopymaslik. – shu mashg’ulotning o’zida muayyan O’quvchilar guruhining bilimlarini teksthirib, baholashga ulgurish – mashg’ulot davomida turli didaktik vositalardan foydalanish – mashg’ulotda O’quvchilarning faolligiga erishish.
  13. Diktant, bayon va insho yozish yo’llari ham o’ziga xos xarakaterga ega . Bu yozma ishlar mavzularni qay darajada o’zlashtirilganligini hisobga olish uchun olinadi. Har bir yozma ish o’ziga xos usul bilan yozdiriladi. O’quvchilar birinchi sinf savod o’rgatish davridayoq so’zlarni to’g’ri yozish, yozuv taxtasidan va kitobdan ko’chirib yozish malakalarini egallaydilar. Asta-sekin so’z birikmasi, gap va bog’langan nutq tuzish hamda tuzgan gaplarni yozishga o’rganiladilar. O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish maqsadida gramatikaga oid ayrim qoidalar o’rgatib boriladi bu esa qoidalarni puxta o’zlashtirish uchun hizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga gramatikaga oid bilimlarni o’rgatish va ularni nutqlarini o’stirishda yozma ishlar alohida o’rin tudadi. Yozma ishlar ko’chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalgam oshiriladi. O’quvchilar sovodhonligini oshirishda foydali mashg’ulotlardan biri diktantdir. Diktant o’tkazishda o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish ishda aniqlikka e’tibor berish, soddadan murakkabga boorish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek o’quvchilarni o’z-o’zni teksthirishga odatlantirish kerak. O’quvchi diktant yozishda so’zni harfiy ifodasini ko’rmay eshitish orqali tovushlar majmuasini tasavvur e’tadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi.
  14. Diktantlar maqsadiga ko’ra 2 turli bo’ladi. Ta’limiy Tekshirish Lug’at Saylanma Ko’rsatuv Yoddan yozuv Ta’kidiy Izohli Ijodiy Erkin
  15. Ta’limiy diktant Diktantning bu turi o’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining ma’lum bir qismida mashq sifatida o’tkazilib unga alohida soat ajratilmaydi. Tekshirish diktanti Diktantning bu turi o’rganilganlarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganliklarini sinash va teksthirish maqsadida o’tkaziladi. Bayon Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va uyushtirish tartibi belgilab olinadi. Shu bilan berga o’quvchilarning bilimi yosh hususiyatlariga moslab tekst tanlanadi. Og’zaki bayon singari yozma bayonning ham maqsadi o’quvchilarga puxta ta’lim-tarbiya berishdir, shu bilan birga o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish lug’atini boyitishdir. O’quvchilar bayon yozishda o’qilgan tekst mazmunini gapirib berishga tekstdagi asosiy fikrni topa olish, reja tuzish va shu asosida o’z fikrlarini yozma ifodalashga o’rganadilar. Ta’limiy harakterdagi bayonni 1 sinfdan boshlash mumkin 1 sinf o’quvchilar 2 yarim yildan 30-40 so’zli tekst asosida bayon yoza oladilar. O’quvchilarga 1 marta bayon yozdirganda o’qituvchi tekstni doskaga yozib beradi va ana shu tekst bo’yicha savol tuziladi. O’quvchilar shu savollarga doskadagi tekstdan javob topadilar.
  16. 1-sinfda bayonning quydagi 2 turidan foydalaniladi. 1. Savollarga javob yozish 2. Kalliktiv bo’lib reja tuzish, rejani doskaga yozish va ana shu reja asosida o’quvchilarning mustaqil bayon yozishlari 1-sinfda dastlabki bayon savollargi javob yozishdan iborat bo’lib nechta savol bersa o’shancha javob yozadilar. 1-sinfda o’quvchilarda bayon yozdirishni asosi quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 1. Kirish suhbati 2. Bayon tekstini o’qib berish 3. Tekst mazmuni bo’yicha suhbat 4. Tekstni 2 marta o’qib berish 5. Tekstdagi asosiy fikrni aniqlash 6. Tekst mazmuni bo’yicha savollar tuzib doskada yozish 7. Savollar asosida suhbat 8. Bayonni o’quvchilarga yozdirish
  17. 2-sinf 2-sinfda o’quvchilarga bayon yozdirish 2 xil tartibda olib boriladi. 1. O’quvchi tuzgan reja asosida bayon yozish 2. O’quvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlari tuzgan reja asosida bayon yozdirish. O’quv yilining 1-yarimida bayon rejasini o’quvchi tuzadi. Keyinchalik o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzadilar. Tayyor reja asosida yoziladigan tekst 40-50 yoki 50-60 so’zli bo’lib o’quvchilar oson o’zlashrita oladigan bo’lishlari kerak. 2-sinf o’quvchilariga bayon yozdirishda quydagi maqsadlarga erishish ko’zda tutiladi. 1. Asosiy fikr kim yoki nima haqida borayotganligini bilish 2. Bayyonda bir so’zni takror ishlatavermay uning sinnimlaridan foydalanishni o’rgatish 3. Yozma nutqini o’stirish 4. Imlo hatolarini tuzatish
  18. Bayon tahliliga quvdagicha e’tibor beriladi. • O’quvchilar ishi haqida umumiy suhbat • Eng yaxshi bayon namunasidan ko’rsatish • Tekstga mos bo’lmagan ortiqcha so’zlarni o’qib eshitirish • Qaysi asosiy fikr tushub qolganligini aytish • Hotolar ustida ishlash
  19. 3-sinf • 3-sinf o’quvchilarining bayon haqidagi tushunchalari ancha kengayadi. Mustaqil reja tuzib shu reja asosida bayon yoza oladilar. • O’quv yilining 1-yarimidan yoziladigan bayonlar rejasi asosan kalektiv tartibda tuziladi, 2-yarm yildan esa mustaqil reja tuzish talab e’tiladi. Bunda dars quvdagi tartibda tashkil e’tiladi. • O’qituvchi bayot tekstini o’qib beradi mazmun yuzasida savol javob o’tkaziladi. • O’quvchilar reja tuzishga kirishadilar, qiylansalar hikoya ikki marta o’qib beriladi • O’quvchilarning tuzgan rejasini taqqoslash 1-o’quvchi o’qiydi qolganlari o’z rejalarini taqqoslaydilar. • O’quvchilar tuzgan rejalari asosida bayon yozadilar. 4-sinf Bu sinfda bayon yozish farq qilmasada, ko’proq mustaqil beriladi. 90-120 so’zli bo’ladi.
  20. Boshlang’ich sinflarda insho Insho o’quvchilarning ijodiy ishlaridan biri hisoblanadi. Inshoda o’quvchlar o’zlarining mustaqil fikrlarini, qiziqish va hohishlarini, o’z tushunchalarini ifodalaydilar. O’quvchilar insho yozish orqali quyidagi bilimlarni o’zlashtiradilar Insho uchun material to’plash, kuzatish va asosiy o’rinlarini esalab qolish, bilganlarni yozma ifodalash. So’zlar tanlash va so’zlardan grammatika qoidalari asosida gap tuzish Reja tuzish va fikrlarini reja asosida ifodalash. Tekstni imlo hatolarisiz, tinish belgilariga rioya qilib, Grammatik qoidalariga amal qilib yozish. Bashlang’ich sif o’quvchilari inshosi maqsad va vazifalariga ko’ra turlicha bo’lib, har bir turi o’ziga hos ko’rinishda bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda insho yozish uchun quydagi manbalardan foydalanish mumkin. O’quvchilarning kuzatishi, ekskursiya va saylda olgan ta’ssurotlari, o’yin va boshqa faoliyatlari davomidagi tajribalaridan Kitob jurnal, ro’znoma materiallari, o’qituvchi va boshqa kishilardan eshitganlari, tilvezor kino, turli rasm va plakatlardan kuzatganlaridan.
  21. Insho yozganda quyidagilarga e’tibor beriladi. Voqealarni bir-biriga bog’liq holda ifoda etish. Voqiani sodir bo’lish sababi, fikr yuritilayotgan narsalarning belgi va hususiyatlarini ko’rsata bilish Voqia hodisalarni o’zaro taqqoslay bilish va umumiy hulosalar chiqarish. 1-sinfda ijodkorlikka o’rgatish maqsadida quydagicha ishlar olib boorish mumkin. O’quvchilar issiqxonaga ekskursiyaga olib boriladi. U yerda bolalar qizarib pishib yotga pamidor, yam-yashil bodiring va sapsariq limonlarni ko’radilar. Sinfga kelgandan so’ng ekskursiya ta’surotlarini eslab ayrimlari pmidor, boshqalari limon deb yozadilar. 2-sinf o’quvchilari bilan jamoa xo’jaligi fermasiga ekskursiya uyushtirilgandan keyingi yozgan ishlaridan biri quyidagicha.
  22. OLA SIGIR Kecha fermaga bordik. Fermada sigrlarni ko’rdik. Ola sigir semiz ekan. Ko’p sut berarkan. Zuhro opa 2 chelakda sut sog’ib oldi. Qoyil qoldik. 3-4 sinflarda o’qish darslarida har-hil mavzuda she’r va hikoyalar o’qib o’rganganlaridan keyin ularning tasavvur yanada kengayadi. Ularning yozadigan isholari o’ziga hos badiiy tus oladi. 3-4 sinflarda “Bog’da”, “Bizning qishloq”, “Otamning kasbi” mavzularida. Insho yozdirish maqsadiga muvofiqdir. O’quvchilarning orzu-umidlari va nimalarga qiziqishlarini hisobga olib “Mening orzum”, “Mening onam”, “Onamlarning bayram”, bizning oila mavzularida insho yozishlari mumkin. O’quvchilar bayon va insho yozish orqali yozma nutqning o’stiradi. Fiklash doiralari tasavvurlari ishlash qobilyatlari shakllanadi. Lug’at boyligi ortadi, o’z fikrini aniq va to’g’ri tushuntirishga harakat qiladi, ijodiy barkamoligi o’sadi.
  23. Foydalanilgan adabiyotlar • K.Yunusov Boshlang’ich sinflarda ona tili darslari 2001 yil • K.Qosimova Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi “O’qituvchi” Toshkent 1985 yil • M.Yusupov O’qish va yozuv darslari samaradorligini oshirish. Toshkent “O’qituvchi” 1994 yil • M.Umarova, M.Hudayberganov • Bayonlar to’plami
  24. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

© 2023 SlideServe | Powered By DigitalOfficePro

Qiziqarli malumotlar
Tovush va harf