TOVUSH TEZLIGI

TOVUSH TEZLIGI

TOVUSH TEZLIGItovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib, toʻlqinning chastotasi va amplitudasiga bogʻliq emas. Gazlarda t-ra va bosim ortishi bilan Tovush tezligi ortadi, suyukliklarda (suvdan tashqari) esa t-ra ortishi bilan, yaʼni suyultirilganda Tovush tezligi kamayadi. Suvda t-ra oshishi (74° gacha) bilan Tovush tezligi ham ortadi. t-ra bundan yuqoriga koʻtarilgan sari T. t. kamaya boradi.

Ensiklopediya.uz
TOVUSH TEZLIGI