TOVUSH TEZLIGI haqida to’liq ma’lumot oling

TOVUSH TEZLIGI haqida to’liq ma’lumot oling

TOVUSH TEZLIGItovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib, toʻlqinning chastotasi va amplitudasiga bogʻliq emas. Gazlarda t-ra va bosim ortishi bilan Tovush tezligi ortadi, suyukliklarda (suvdan tashqari) esa t-ra ortishi bilan, yaʼni suyultirilganda Tovush tezligi kamayadi. Suvda t-ra oshishi (74° gacha) bilan Tovush tezligi ham ortadi. t-ra bundan yuqoriga koʻtarilgan sari T. t. kamaya boradi.

Gaz va suyuqlik aralashmalarida Tovush tezligi undagi komponentlarning konsentratsiyasiga bogʻliq. Izotrop qattiq jismlarda Tovush tezligi moddaning zichligi va elastiklik moduli bilan aniqlanadi. Tovush tezligi qattiq jismlarda suyukliklardagidan, suyuqliklarda esa gazlardagidan katga. Mas., T. t. 20° da havoda 331 m/s ga, suvda 1450 m/s ga, poʻlatda 5000 m/s ga teng.

Malumotlar
TOVUSH TEZLIGI