Tovuqli kotlet tayyorlash resepti to’liq malumot oling
Kerakli masalliqlar:
1. Tovuq go’shti qiymasi — 0,5 kg.
2. Buhanka non — 1/4 qismi (chorakta).
3. Tuhum — 1 dona.
4. Ziravorlar.
Tovuqli kotlet
Tayyorlanishi:
Non ivitiladi, so’ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo’shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan qiyma kichik bo’lakchalarga bo’linib, biroz tindiriladi. Tovada yog’ni biroz qizdirib, unga bo’lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni qizargunicha pishiriladi. Bu kotletlarni garnirlar — pishgan guruch, makaron yoki kartoshka pyure bilan tanovil qilish mumkin. Ziravorlar o’rniga tayyor Rollton kukunidan solinsa, yanada mazaliroq bo’ladi.
Yoqimli ishtaxa!
Pazanda
Tovuqli kotlet tayyorlash resepti