Tovon yorilishi — sabablari, uy sharoitida davolash usullari, xalqona vositalar
Bizning telegram ssilkamiz//////
TELEGRAM: https://t.me/LifeStyleUzLemonPlus
Life style uz: https://www.youtube.com/c/LifestyleUZ
Miss Lalika: https://www.youtube.com/c/MissLalika
Bu ikkala kanal ham bizga tegishli.Miss Lalika kanalida yosh bolalar uchun qiziqarli va foydali videolar joy olgan.Kanalimiz orqali o’z mahsulotingiz reklama qilmoqchi bo’lsangiz +998995025522 raqamiga murojaat qiliishingiz mumkin.
Доброго времени суток дорогие подписчики. Оба эти канала принадлежат нам. Подпишитесь и поддержите пожалуйста.
Life style uz: https://www.youtube.com/c/LifestyleUZ
Miss Lalika: https://www.youtube.com/c/MissLalika
Если вы хотите рекламировать свой товар через наш канал, вы можете позвонить по телефону +998995025522
Yozgi oyoq kiyimlar 2023 erkaklar
Brugi erkaklar uchun termal ichki kiyim kostyumi
Hajmi: L-XL
Rang: kulrang
Xususiyatlari:
Brugi Brendi 2013-2014 yillar Yuqori material 66% poliamid, 27% polipropilen, 7% elastan Erkak Jinsi Kuz-Qish Mavsumi Tarkibi 66% poliamid, 27% polipropilen, 7% elastan Termal ichki kiyim Brugi erkaklar kostyumi. BRUGI termal ichki kiyimlari sport va mashg’ulotlar paytida, shuningdek qishda kundalik kiyinish paytida optimal mikroiqlimni yaratadi.
Optimal haroratni saqlaydi Termokofta doimiy ravishda tanangizning optimal” ish ” haroratini saqlab turadi va namlikni mukammal darajada yutadi. Aqlli mato Turli zichlik va to’qimalarning zonalari tananing turli qismlarida harorat o’zgarishini hisobga oladi. Ko’p qirralilik O’tish va qish davrida sport va kundalik kiyim uchun, shuningdek, faol qishki sport turlari uchun ideal termal ichki kiyim. Mato uch o’lchovli to’qish texnikasi yordamida yaratilgan
RiderShop-velosiped, triatlon, chang’i sporti, alpinizm, sayohat, turizm va boshqa sport turlari va ochiq havoda dam olish uchun mahsulotlarni o’z ichiga olgan ko’p brendli sport do’konlari tarmog’i. Mahsulotlarimiz ishonchli va yuqori sifatli. Professional maslahatchilar siz uchun eng yaxshisini tanlashdan xursand bo’lishadi!
Tovon yorilishi — sabablari, uy sharoitida davolash usullari, xalqona vositalar
Tovon terisining dag’allashishi va yorilishi muammosi ko’pchilikni bezovta qiladi. Ayniqsa yoz faslida u estetik jihatdan noxush ko’rinadi va yurish paytida ba’zi noqulayliklar tug’diradi. Muammoni hal qilish uchun, avvalo, uning qanday kelib chiqqanini bilib olish kerak. Tovonda yoriqlar paydo bo’lishi sabablari va terining sog’lom holatini qaytarish uchun nima qilish kerakligi haqida quyida batafsil.
Tovon yorilishi sabablari
Tovon yorilishi oddiy holat emas. Muammo yuzaga kelishidan oldin dastavval teri quruqlashadi, qalinlashadi, shundan keyingina yoriladi. Ba’zi hollarda jarohatga infektsiya tushadi va muammo yanada kuchayadi.
Bu yoriqlar katta noqulaylik tug’diradi: yurish va tik turish paytida og’riq paydo bo’ladi, har qanday poyabzal kiyish qiyinlashadi, yoqimsiz hid paydo bo’lishi mumkin.
Tovon yorig’i faqat oyoqlar terisini noto’g’ri parvarish qilish tufayli yuzaga keladigan muammo degan tushuncha keng tarqalgan. Albatta bu omil asosiylaridan biri sanaladi, ammo muammoning ildizi yanada chuqurroq bo’lishi mumkin. Shuning uchun, agar oyoq terisi parvarishi o’z o’rnida bo’lsa-yu, yoriqlar kuzatilsa, buning boshqa sabablari mavjudligi haqida o’ylab ko’rish kerak, ularning orasida eng keng tarqalganlari:
To’g’ri tanlangan poyabzal ahamiyati haqida gapirishning hojati yo’q: qadam tashlash uslubi, qomatning tikligi, oyoq va uning terisi sog’lomligi aynan shunga bog’liq. Baland yoki juda yassi poshnali, sifatsiz materiallardan tayyorlangan oyoq kiyimlar salbiy ta’sirga ega ekanligini inobatga olish kerak.
Yozda shippak va ochiq turdagi poyabzallar kiyganda oyoq terisi doimo ochiq havo ta’siri ostida bo’ladi va tezda quruqlashib qoladi.
- Sintetik materiallardan tayyorlangan paypoqlar
Paypoq faqat tabiiy materiallardan tayyorlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Sintetik paypoqlarda oyoqlar terlaydi, teri nafas olmaydi, natijada muammolar kuzatila boshlaydi.
- Vitamin va minerallarning yetishmasligi
Tovon terisining quruqligi A, B va E vitaminlari yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun taomnomada sabzi, guruch, grechixa, sut mahsulotlari va jigar yetarli darajada ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.
Muntazam yoriqlar psoriaz, oyoq zamburug’i yoki ixtiozdan dalolat berishi mumkin.
Oshqozon va hazm qilish tizimidagi har qanday muammolar odamning tashqi ko’rinishida aks etish xususiyatiga ega. Aksariyat hollarda bunday buzilishlar terida namoyon bo’ladi. Tovon terisi o’ta quruqligi tufayli gastrit, oshqozon yarasi, kolit va boshqa kasalliklarda yorilishi mumkin.
Yuqorida keltirilganidek, muammoning sabablari turlicha, ular aniqlanib, bartaraf etilsa, tovon terisi ham normal holatiga qaytadi.
Tovon yorilishiga qarshi xalqona vositalar
Dastavval, davolanish davomida yangi yoriqlar paydo bo’lishini oldini olish uchun sifatli poyabzal kiyishga harakat qilish, maxsus silikon pataklar sotib olish tavsiya etiladi. Ko’proq suv ichish va meva va sabzavotlarga afzallik berish talab etiladi.
Oyoq terisiga muntazam ravishda oyoq uchun skrablar va pemza bilan ishlov berib turish kerak. Dush qabul qilganda maxsus tosh bilan oyoqlarni yaxshilab ishqalash tavsiya etiladi.
Terining dag’allashgan chuqur qatlamlarini ham tozalash uchun quyidagilarni bajaring: quruq tovonni pemza toshi bilan ishqalab, oyoqlarni iliq sodali suv eritmasiga tushiring (1 litr suv uchun 1 osh qoshiq), 10 daqiqa ushlab turing va yana bir bor ishqalang.
Bundan tashqari, yoriqlardan xalos bo’lishga yordam beradigan boshqa bir qator xalqona usullar mavjud:
Qaynatilgan kartoshka mukammal yumshatuvchi moddalar saqlaydi, shuning uchun uning yordamida qilingan kompresslar yoriqlar haqida butunlay unutishga yordam beradi.
Ikkita o’rtacha kattalikdagi kartoshkani po’stlog’i bilan qaynatib, pishgach sanchqi bilan ezib maydalang. Olingan pyureni muammoli joylarga qalin qilib surting, ustidan doka bilan o’rang va kompressni 30 daqiqaga qoldiring. Bunda pyurening harorati iliq bo’lishi juda muhimdir.
Ushbu vosita ham jarohatlarning tuzalishini tezlashtiradi. Uyquga ketishdan oldin chakanda yog’ini qalin qilib oyoqlar terisiga surting. Bundan tashqari bu yog’ bilan matoni namlab olib, oyoqlarga qo’llagan holda bir kechaga qoldirish ham mumkin. Yog’ choyshabni iflos qilmasligi uchun oyoqlarni polietilen qop bilan o’rab, ustidan paypoq kiyish tavsiya etiladi.
Oyoqlarni kraxmal eritmasi bilan vanna qilish terini yumshatadi va sog’ayish jarayonini tezlashtiradi. Buning uchun kartoshka kraxmalini iliq suvda eritib (1 litr suv uchun 1 osh qoshiq), oyoqlarni 15 daqiqaga vanna qiling. So’ng quruq qilib artib, oziqlantiruvchi krem qo’llang.
Asal mumi bilan davolash tamoyili oddiy: ushbu vosita yoriqlar mavjud joyga qalin qilib surtiladi. Muolajani yotishdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi.
Ushbu vositalardan tashqari, terini muntazam ravishda krem bilan namlab turish tavsiya etiladi. Namlantiruvchi kremni ham uy sharoitida tayyorlash mumkin — bolalar kremiga 5 tomchi lavanda va choy daraxti yog’idan qo’shib, aralashtirish kifoya. Unga bir osh qoshiq vazelin qo’shish ham mumkin.
Chuqur namlantiruvchi ta’sirga erishish uchun kremni tovonga qalin qilib surtib, ustidan politenilen qop o’rab, paypoq kiyish tavsiya etiladi. Shunday holatda uyquga ketib, tongda uyg’ongach, o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi.
Diqqat! Material faqat tanishish maqsadida berilgan. Sahifada keltirilgan vositalarga shifokor bilan maslahatlashmasdan murojaat qilmaslik kerak.
Categories
So`nggi modadagi oyoq kiyimlari.Buyurtma berishingiz mumkin/
50, 475 times
1 year ago
Bizning telegram ssilkamiz//////
TELEGRAM: https://t.me/LifeStyleUzLemonPlus
Life style uz: https://www.youtube.com/c/LifestyleUZ
Miss Lalika: https://www.youtube.com/c/MissLalika
Bu ikkala kanal ham bizga tegishli.Miss Lalika kanalida yosh bolalar uchun qiziqarli va foydali videolar joy olgan.Kanalimiz orqali o’z mahsulotingiz reklama qilmoqchi bo’lsangiz +998995025522 raqamiga murojaat qiliishingiz mumkin.
Доброго времени суток дорогие подписчики. Оба эти канала принадлежат нам. Подпишитесь и поддержите пожалуйста.
Life style uz: https://www.youtube.com/c/LifestyleUZ
Miss Lalika: https://www.youtube.com/c/MissLalika
Если вы хотите рекламировать свой товар через наш канал, вы можете позвонить по телефону +998995025522
Please select your desired video quality to download
Copy following code into your Website (We offers Ads free embed)
Qiziqarli malumotlar
Tovon yorilishi — sabablari, uy sharoitida davolash usullari, xalqona vositalar