Tovon nega og‘riydi?
Tanamizdagi ayrim bir sohalar borki, ular umumiy ahvolimizga u qadar yomon ta’sir ko‘rsatmasada, og‘rig‘i odamni ancha azobga qo‘yadi. Aslida, aynan tovon hamda oyoq kafti bizni to‘g‘ri yurishimizning sababchilaridir. Tovon esa yana amortizator vazifasini ham bajaradi. Bu oyoqning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun undagi og‘riq ancha noqulaylik tug‘dirishi tabiiy. Mundarija [Yopish] Tovon og‘rig‘i asta-sekin, tashqi jarohatlarsiz boshlanadi. Bu og‘riq, asosan, qattiq oyoq kiyim kiyib yurish natijasida kelib chiqadi. Qattiq tovonli oyoq kiyim tovon shishishiga ham olib kelishi mumkin. Dam olgandan keyin og‘riq belgilari kuchayadi. Uyqudan turgandan keyin bemorni kun davomida og‘riq bezovta qiladi. Agar ozgina harakat qilinsa, og‘riq o‘z-o‘zidan yo‘qolishi, ba’zida esa kun davomida yanada kuchayishi mumkin. Tovon suyagi boshqa suyaklarga qaraganda mustahkam hisoblanadi. U g‘ovak-g‘ovak tuzilishga ega bo‘lib, unda ko‘pgina qon tomirlari hamda nerv oxirlari joylashgan. Shuning uchun ham tovon juda sezuvchan bo‘ladi. Xo‘sh, tovon nima uchun og‘riydi? Quyida buning sabablarini keltirib o‘tamiz. Tovonning g‘adir-budur joyida teri ostida hosil bo‘ladigan suyak o‘simta kasalligidir. Kasallikka, asosan, oyoq panjasi boylam apparatining doimiy va uzoq muddatgacha shikastlanib turishi (raqqosalarda, sportchi-yuguruvchilar va b.), shuningdek, yassioyoqlik sabab bo‘lishi mumkin. Tovon pixi ba’zan gavda og‘irligining tez ortib borishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda yuqumli kasalliklardan, podagradan keyin vujudga keladi. Og‘riq kuchi hamisha pixning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lavermaydi. Aksari g‘oyatda kichik, hatto rentgenda ham ko‘rinmaydigan suyak tuzilmalari kuchli og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin. Tovon pixining tashqi belgilari bo‘lmaydi. Tovonning ortiqcha zo‘riqishi bo‘lib, juda past poshnali oyoq kiyim kiyish natijasida yuzaga keladi. Tovon pardasi tovondan boshlab oyoq kafti suyaklarigacha keng chiziq hosil qiladi. Og‘riq chiziq bilan tovon ulangan joyda bo‘ladi. Bunda baland poshnali oyoq kiyim kiyish natijasida tovon zo‘riqib, pay hosil bo‘ladi. Agar bu holat davom etaversa, mavjud bo‘lgan yassitovonlikning kuchayishiga olib keladi. Tovon suyagini bexosdan urib olganda, tovonda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Bunda zarba sababli qo‘shni to‘qimalar yallig‘lanadi. Og‘riq juda qattiq va achituvchi bo‘lib, yurganda yanada ko‘chayishi mumkin. Bulardan tashqari, tovon og‘riqlari tovonning yallig‘lanishiga sabab bo‘luvchi ba’zi infeksiyali kasallik (gonoreya, xlamidoz va boshqa)lar sababli yuzaga kelishi ham mumkin. Tovon faqatgina yurganda emas, balki tinch holatda, masalan, yotganda ham og‘riydi. Odatda, yallig‘lanish bilan birga quyidagi kasalliklar ham birga bo‘ladi: psoriartik artrit, podagra, tomirlar yallig‘lanishi va h.k. Bunda og‘riq kasallikning asorati bo‘lishi mumkin. Albatta, har bir kasallikni mutaxassis davolagani ma’qul. Shikastlanishning kechishini aniqlash maqsadida rentgenga tushish kerak. Biz sizga kasallikning oldini olish hamda og‘riqni ozgina bo‘lsa ham, yengillashtirish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz. Kartoshkali kompress. Kartoshka po‘sti bilan qaynatiladi. So‘ng yaxshilab ezilib, iliq holda tovonga qo‘yiladi. Doka bilan mahkam bog‘lanadi. Ertalab olib tashlanadi. Muolaja bir oy davom ettiriladi. Turpli muolaja. O‘rtacha kattalikdagi turp qirg‘ichdan chiqarilib, jarohatlangan tovonga bog‘lanadi. Muolaja kamida 3 marta bajariladi. Tovon og‘rig‘ida bargizub (podorojik)ning barglari samarali yordam beradi. Buning uchun yangi uzib olingan bargizub barglari tovonlarga bog‘lanadi. Barg qurigach, yana yangisi qo‘yiladi. Muolaja 5 6 kun bajariladi. Tovon pixida og‘riq qolguncha poyabzal kiyishdan oldin paypoq ichiga bitta yong‘oq bargini qo‘yib yurish tavsiya etiladi. Kechqurun uxlashdan oldin og‘rigan oyoq tovonini sho‘r iliq suvga (suv harorati 35 36 daraja bo‘lishi kerak) solib o‘tirish tovon pixini davolashda yordam beradi. © G‘ayrat NURIMOV, travmatolog-ortoped.Tovon nega og‘riydi?
DO`STLARGA ULASHING:
Belgilari va alomatlari
Nima uchun tovonda og‘riq paydo bo‘ladi?
Tovon pixi
Fassiya (tovon muskul pardasi)
Payli jarohatlar
Foydali maslahatlar
Xalq tabobati usullari bilan davolash
«Shifo-info» gazetasi.
Tovon nega og‘riydi?