TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGI

TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGI

TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGI — tovarning rakrbatli bozor talablariga, bozorga chikarilgan xuddi shunday tovarlarga nisbatan xaridorlar ehtiyojlariga javob berish krbiliyati. Raqobatbardoshlik, asosan, tovar sifati, uning texnika darajasi, isteʼmol xususiyatlari hamda eng muhimi — tovar sotuvchisi tomonidan qoʻyiladigan narxi bilan belgilanadi. Shuningdek, raqobatbardoshlikka moda, sotish va sotishdan keyingi servis xizmati, reklama, ishlab chiqaruvchining ovozasi (imij), bozordagi vaziyat, talab tebranishlari ham taʼsir koʻrsatadi.

Ensiklopediya.uz
TOVAR RAQOBATBARDOSHLIGI