Totema foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
Totema foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida Savdo nomi Totema Dori shakli Ichish uchun eritma ampulalarda 10 ml. Tarkibi 10 ml eritma saqlaydi Faol moddalar: Temir (temir glyukonati shaklida) 50,00 mg Marganets (marganets glyukonati shaklida) 1,33 mg Mis (mis glyukonati shaklida) 0,70 mg yordamchi moddalar: glitserin…..2520,00 mg suyuq glyukoza…..80.00 mg saxaroza……3000.00 mg suvsiz limon kislotasi……27.40 mg natriy sitrati digidrati …….30.00 mg natriy benzoate………20,00 mg polisorbat 80……..24.00 mg karamel bo‘yovchisi TPS (Е 150s)…….50.00 mg «Tutti frutti» xushbo’yi……..0.20 mg tozalangan suv……10.00 ml gacha. Ta’rifi To‘q-jigarrang, o‘ziga xos xarakterli hidga ega suyuqlik. Chokindi holati bo’lishi mumkin. Farmakoterapevtik guruhi. Temir moddali preperat. Farmakologik xususiyatlari Anemiyaga qarshi majmuaviy preparat. Farmakodinamikasi Temir gemoglobin, mioglobin va organizmning boshqa metalloproteinlarining tarkibiga kiruvchi gemning sintezi uchun kerak. Mis va marganets — temirning o‘zlashtirilishini yaxshilovchi, hamda organizmdagi asosiy oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi ferment tizimlarining tarkibiga kiradi. Farmakokinetikasi Preparatdagi temirning so‘rilishi 30% darajada yuz beradi. So‘rilish darajasi temirning organizmdagi zahiralarining kamayishida oshadi. Temirning so‘rilishi eng avvalo o‘nikki barmoq ichak va och ichakning yuqori bo‘limida yuz beradi. Temir ichakning kipriksimon shilliq epiteliy hujayralarida faol fermentlarning borligi tufayli tutilib qoladi. Temirning bir qismi darxol qon oqimiga tushadi, boshqa qismi hususan ferritin ko‘rinishida shilliq hujayralarda to‘planadi va keyinchalik zaruratga ko‘ra plazmaga tushadi. Preparat kursli qabul qilinganida, bu mikroelementlar tanqisligi chaqirgan kamqonlikning klinik va laborator belgilarini asta-sekin regressiyasi yuz beradi. Qo‘llanilishi — temir tanqisligi kamqonligini davolash. — yuqori xavf guruhidagi shaxslarda (homiladorlar, bolalar, o‘smirlar, reproduktiv yoshdagi ayollar, keksa odamlar), shuning temirni organizmga ovqat bilan etarli miqdorda tushmagan hollarda, temir tanqisligini oldini olish. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar — temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan kamqonliklar; —gemoxromatoz, gemosideroz, talassemiya, refrakter anemiya; qizil qon o‘zagini susayishi chaqirgan anemiya; — preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; — me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi. — simob intoksikaciyasi — 3 oylikgacha bo’lgan bolalar uchun — mis va marganec intoksikaciyasi, Vilson –Konovalova kasalligi, —Saharoza/ izomaltaza tanqisligi, fruktoza, glukozaga organizmdagi qarshilik. Extiyotkorlik : qand kasalligi. Homiladorlik va emizish davrida : Homiladorlik va emizish davrida qollash mumkin. Qo‘llash usuli va dozalari Ovqatdan oldin peroral qabul qilish uchun. Davolash: 1 ampula 10 ml saqlaydi, bu 50 mg elementar temirga mos keladi. ? Kattalarga: 100-200 mg temir, ya’ni sutkada 2-4 ampula. ?3 oylikdan katta va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 5-7 mg/kg tana vazniga sukasiga 2-4 ampula qabulda. ? 3 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkada 45-60 mg, ya’ni 9-12 ml eritma 2-4 qabulda. ?O‘smirlar uchun sutkada 80-150 mg gacha, ya’ni 16-30 ml eritma 2-4 qabulda. ?Ayollarga homiladorlik davrida (profilaktik qo‘llash) sutkada 10 ml dan homiladorlikning II-III uch oyligi davomida.Totema foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Ampula ikki oxiridan sindiriladi, ampula ichidagisi stakanga quyiladi, oddiy yoki shirinlashtirilgan suvga yoki boshqa alkogolsiz ichimlikda suyultiriladi. Ampula ichidagisini u ochilgandan keyin 24 soat davomida iste’mol qilish kerak.
haqida, narxlar, Totema foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar