TOSHQIN

TOSHQIN

TOSHQIN, daryolarning toshish i — daryoda suv sathining nisbatan qisqa vaqt ichida tez nomuntazam koʻtarilishi va deyarli shunday tezlikda pasayishi. Toshqin qor va muzliklarning shiddatli erishi, yogʻin koʻp yogʻishi, suv omborlaridan suv tashlash, togʻlardagi koʻllar, toʻgʻonlarni, toʻsiq dambalarni suv vayron qilishi va h. k. natijasida sodir boʻladi. Bahorgi sersuvlikdan farkli oʻlaroq, Toshqin yilning turli davrlarida roʻy beradi. Oʻrta Osiyo togʻlarida qor tez yoki sekin erishi, shuningdek, yomgʻirlar natijasida tog daryolarida ketma-ket (baʼzida 4—7-martagacha) Toshqin sodir boʻladi, togʻ daryolari shu bilan tekis yerlardagi daryolardan farq qiladi. Toshqin oddiy va murakkab turlarga boʻlinadi. Oddiy Toshqin butun havzaga bir tekis tushadigan bir yoʻla yoqqan yomgʻir (soatlab yoki sutkalab) yoki vaqt birligida erigan qor natijasida sodir boʻladi. Murakkab Toshqin daryoning yuqori qismida ketma-ket yuz beradigan Toshqin natijasida roʻy beradi.

Ensiklopediya.uz
TOSHQIN