TOSHMALI TERLAMA

TOSHMALI TERLAMA

TOSHMALI TERLAMA (tuphus exanthematicus) , tepkili terlama, epidemik tifrikketsiozlar guruhiga mansub oʻtkir infeksion kasallik, bunda bemor isitmalaydi, yurak, qon tomirlar, markaziy nerv sistemasi zararlanadi, toshma toshadi. Provachek rikketsiyasi qoʻzgʻatadi, bit orqali yuqadi. Toshmali terlamaning kechishida 4 davr farklanadi; yashirin davri (oʻrtacha 2 hafta), boshlangʻich, avj olish va sogʻayish davrlari. Dastlab bemorning eti uvishib, isitmalaydi (39— 40° gacha), boshi va muskullari qaqshab ogʻriydi, yuzi kepchiydi, koʻzlari qizarib turadi, uyqusi buziladi, alahlaydi. Kasallikning 3 — 4 kunida koʻz konyunktivasining burmasida va yumshoq tanglayda dogʻsimon toshmalar paydo boʻladi. Intoksikatsiya kuchliligidan yurak, nafas yoʻli va nerv sistemasi zararlanadi. Kasallikning k5unidan boshlab bemor badaniga va bilaklariga qizgʻishpushti toshmalar toshadi. Kasallikning 12 — 15kunidan bemorning axvoli yaxshilana boshlaydi. Baʼzan Toshmali terlama qaytalaydi. Soʻnggi yillarda bu kasallik Oʻzbekistonda deyarli uchramaydi.

Ensiklopediya.uz
TOSHMALI TERLAMA