TOSHLOQ haqida to’liq ma’lumot oling
TOSHLOQ — Fargʻona viloyati Toshloq tumanitsagi shaharcha (1974-y. dan), tuman markazi. 1974-y. 10 dek. da Toshloq qishlogʻi oʻrnida tashkil etilgan. Aholisi 14,2 ming kishi (2001). Yaqin t. y. stansiyasi — Oxunboboyev (5 km). Fargʻona sh. dan 16 km. Toshloqda tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy, davlat tashkilotlari, paxta tozalash zdi, Margʻilon «Atlas» firmasi filiali, non kti, tikuvchilik fkasi, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Toshloq — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar qatnaydi.
Malumotlar
TOSHLOQ