Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi to’liq malumot oling
Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi
Prezident qarori (PQ–5238-son, 28.08.2021 y.) bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi
🏢 Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
🗓 Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
☑️ Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.
🔰 Quyidagilar Filialning asosiy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:
👉 Dramaturgiya;
👉 Prodyuserlik (turlari bo‘yicha).
✅ Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.
🧾 Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.
💼 Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.
Boshqa mavzular
Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi