Toshkentda an’anaviy Open Data Challenge-2018 milliy tanlovi o‘tkaziladi
Joriy yil 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar poytaxtimizda
Open Data Challenge-2018 (Hakaton) — ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish bo’yicha an’anaviy tanlov bo’lib o’tadi.
Tanlov O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi va qo’llab-quvvatlashi ostida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi
Inha universiteti, EXHTning O’zbekistondagi loyihalari kordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakilligi, Jahon bankining Toshkentdagi vakilligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Tanlov hamkorlari – «UZINFOCOM» MChJ yagona integratori, «Xabar» gazetasi va «ICT
News», «InfoCOM.UZ» jurnallari.
Open Data Challenge tanlovida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalanib, aniq belgilab berilgan muddat ichida abstrakt g’oyalarni yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yoki alfa-ko’rinishlariga keltirishadi.
Uch kun davomida
Open Data Challenge-2018 ishtirokchilari jamiyatning barcha jabhalari – moliya, transport, ta’lim, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, ekologiya va boshqa yo’nalishlarda foydali bo’lgan yangi loyihalarni taqdim etadilar.
Open Data Challenge-2018 tanlovida ishtirok etish bepul. Faqatgina qatnashchilar ro’yxatdan o’tishi talab etiladi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni internet bilan ta’minlab, ishlash uchun qulay sharoit yaratib beradilar.
Hakaton natijalari bo’yicha quyidagi nominatsiyalarda g’olib va sovrindorlar aniqlanadi:
1. «Aqlli shahar» uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha (mobil yoki
veb-ilova);
2. Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki
veb-ilova);
3. Ochiq ma’lumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) bo’yicha eng yaxshi loyiha (mobil yoki
veb-ilova).
Shunday qilib, mobil va
veb-ilovalar tadbirning moddiy mahsuli bo’ladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, hakaton doirasida dasturchilar uchun ochiq ma’lumotlar bilan ishlashga oid treninglar bo’lib o’tadi.
Hakaton natijalariga ko’ra birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinni egallagan ishtirokchilar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Bu yilgi tanlovda Gran-
pri ham ko’zda tutilgan – eng yaxshi deb topilgan jamoa Madrid shahridagi (Ispaniya) Xalqaro konferensiyaga yo’llanma oladi. Gran-pri sohibi Ekspert hakamlar tomonidan uch yo’nalishda birinchi o’rinni olganlar orasidan tanlab olinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi:
https://data.gov.uz/ru/challenge/register havola bo’yicha ro’yxatdan o’tish lozim
Shuningdek,
Facebook tarmog’idagi:
https://www.facebook.com/OpenDataChallenge/ sahifasida ham kerakli ma’lumotlar taqdim etilgan.
Tadbir o’tkaziladigan sanalar:
Ro’yxatga olish –
25-noyabrgacha.
Open Data Challenge 2018 treninglar va konferensiya kuni –
30-noyabr.
Open Data Challenge 2018 Hakaton kunlari –
1-2 dekabr.
Taqdimotlar va g’oliblarni aniqlash –
2-dekabr.
G’oliblarni taqdirlash marosimi –
7-dekabr.
O’tkazilish joyi: Toshkentdagi Inha universiteti (Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar ko’chasi, 9)
Manba:
Yangiliklar
Toshkentda an’anaviy Open Data Challenge-2018 milliy tanlovi o‘tkaziladi