TOSHKENT VILOYATI

TOSHKENT VILOYATI

TOSHKENT VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim. sharqida. 1938-y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim. gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shim. sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqsan Namangan viloyati, jan. dan Tojikiston Respublikasi, jan. gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. (Toshkent sh. maydonisiz) 15,3 ming km2. Aholisi (Toshkent shaxri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Buka, Bustonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangichinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Toshkent sh. Tabiati. Viloyatning shim. va shim. sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung togʻi (4301 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq—Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren—Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-y. da Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-y. da takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Ensiklopediya.uz
TOSHKENT VILOYATI