TOSHKENT VILOYATI haqida to’liq ma’lumot oling
TOSHKENT VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim. sharqida. 1938-y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim. gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shim. sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqsan Namangan viloyati, jan. dan Tojikiston Respublikasi, jan. gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. (Toshkent sh. maydonisiz) 15,3 ming km2. Aholisi (Toshkent shaxri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Buka, Bustonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangichinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Toshkent sh. Tabiati. Viloyatning shim. va shim. sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung togʻi (4301 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq—Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren—Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-y. da Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-y. da takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanv. ning oʻrtacha trasi — 1,3°, —1,8°, eng past t-ra —34° (tekislikda), —38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha trasi 26,8°, eng yuqori t-ra 43— 47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350—400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va b. Tuyaboʻgʻiz suv ombori («Toshkent dengizi»), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500—600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200— 1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va b., Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va b., togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida «Chimyon», «Burchmulla», «Bogʻiston», «Xumson», «Oqtosh» kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda «Toshkent mineral suvlari» balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (mayd. 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-y. dan) faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, dare boʻyi va togʻ oldi mintaqalarining yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qad. aholisi toʻgʻrisida mil. av. 5—2asrlarga oid Yunon, Xitoy va b. Shark, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʻlkani arxeologik jihatdan 19-a. da N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va b. oʻrgandilar. 1920—30 y. larda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941-y. dan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʻrta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi aʼzolari, 1950-y. dan Oʻzbekiston FAning arxeolog olimlari Ya. F. Gʻulomov, Oʻ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958-y. dan Toshkent viloyatining oʻrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966-y. dan Toshkent sh. ni V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʻrgangan.
Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʻgʻri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʻlbuloq makonidir. Koʻlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʻshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʻorildm, Xoʻjakent qishlogʻi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʻralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit) ga oid ashyo Toshkent sh. ning garbida Qoʻshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʻpaygan. Toshkent viloyati ningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabogʻyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʻkma tuproqdan qilingan qabriston qoʻrgʻonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʻyida, Obirahmat, Burchmulla (q. Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qoʻlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʻ yon bagʻridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6—4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʻzgʻor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʻrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʻlib, sirtiga angob boʻyogʻi berilgan. Mil. av. 1 — mil. ning 1-a. larida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʻtroq xalklarining madaniyati koʻshni koʻchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʻlgan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʻrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (q. Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʻlgan. Shahar mil. av. 3—2 a. larda vujudga kelgan. 1-a. ga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʻrgʻon oraligʻida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʻlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʻrgʻonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-a. da qalʼalari va mayda shaharchalari koʻpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shim. da (hoz. shahar hududida) joylashgan Oqtepa qoʻrgʻoni boʻlib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Ilk oʻrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʻlgan.
Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning mayd. 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Atrofdagi togʻlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʻz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʻxshash tam/a tushirilgan.
Ilk oʻrta asrlarda aholi oʻrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʻmilgan qabrlar Toʻytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʻgʻizdan (q. Tuyaboʻgʻiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʻlib, qopqogʻiga hayvon suratlari solingan.
9—10-a. larda Toshkent viloyati Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-a. arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va b. koʻrsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng koʻp shagʻarli (40 taga yaqin) oʻlka boʻlgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat boʻlgan.
Qad. shahar xarobalarida oʻtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʻrsatadi. Shaharlar poytaxt boʻlgani, karvon yoʻllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʻchmanchi xalqlar bilan aloqada boʻlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning mayd. 20 ga dan 200 ga gacha boʻlgan. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan 2 mashhur karvon yoʻlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim. rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʻtgan. 9—10-a. larda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʻqimachilik taraqqiy etgan. 10-a. geograflarining maʼlumotlariga koʻra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʻalla tashqariga chiqarilgan.
Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa shuhrat qozongan.
Toshkent vohasi oʻz tarixida takdirning koʻp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʻgʻullar bosqini kabi ogʻir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʻlishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʻplab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod boʻlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tomonidan oxiriga yetkazilgan.
Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʻp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʻyidagi moʻgʻullar vayron qilgan Banokat sh. ni qayta tiklab uni oʻgʻli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan.
Aholisi. Toshkent viloyati dagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km2 ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9%), shuningdek, rus (8,1%), qozoq (14,3%), tatar (2,5%), tojik (5,0%), koreys (2,8%), ukrain va b. millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va b. jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyati dagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan.
Xoʻjaligi. Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20%ni, elektr energiyasining 45%ni, koʻmirning 98%ni, sementning 43%ni, poʻlat va metall prokatining 100%ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: «Gʻishtchi» (Angren), «Agat va Farhod» (Boʻstonliq tumani), «Metallurfemont» (Bekobod), «Orion» (Qibray tumani).
Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kti ishlab turibdi.
Chirchikdagi E«lektrkimyosanoat», Olmalikdagi «Ammofos» va Angrendagi «Oʻzbekrezinatexnika» ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va b. tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. «Oʻzbekkimyomash», «Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi», «Transformator» korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va b. ishlab chikariladi.
Viloyatdagi T«oshkenttibtexnika» (Qibray tumani), «OʻzBMZ» (Toshkent tumani), «Gidravlika», «Uskuna quruvchi» (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, «Angrengazmash» (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.
Viloyatda, shuningdek, «Ohangaronsement», «Santexquyma», «Ohangaronshifer», «Ohangaronlinplast», «Bekobodsemtaʼmir», «Gʻazalkentoyna» kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va b. tarmoklarni oʻz ichiga oladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va b. ga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fkalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren sh. lari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.
Qishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72%ni tashkil etadi (2004).
Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Toshkent viloyati 1990-y. largacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fkasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan.
Toshkent viloyati dagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).
Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin mayd. 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren sh. lari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40% angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.
Viloyatda Quyi Chirchiq «Baliqchi» tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va b. bor.
Transport. T. v. dagi t. y. uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʻrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan t. y. liniyasi (shu jumladan, Moskva — Toshkent — Turkmanboshi) oʻtadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʻnalishidagi t. y. tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi t. y. lar elektrlashtirilgan. 2004-y. dan boshlab Toshkent — Samarkand yoʻlovchilar tashuvchi elektr poyezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yoʻllarining tarmogʻi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobil yoʻllari: Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent—Andijon—Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻli.
Madaniymaorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2003/04 oʻquv yilida viloyatda 897 umumiy taʼlim maktabida 519,8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi, 2 mehribonlik uyi (264 tarbiyalanuvchi) faoliyat koʻrsatdi.
Viloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000-y. da viloyatning 45 nafar oʻquvchisi «Umid» jamgʻarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlariga joʻnatildi. 2004-y. da Boʻstonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSH USAJD tashkilotining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda sport va sogʻlomlashtirishni targʻibot qilish dasturi asosida maktab oʻquvchilari bilan sport haftaligi oʻtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida «Bogʻchamaktab» majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyuter savodxonligini oʻrgatish, alifbosiz oʻqishga eʼtibor berilgan. «Mehr va muruvvat yili» munosabati bilan Olmaliq sh. dagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʻmetallurgiya kti tomonidan 350 mln soʻm mikdorida mablagʻ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998—2003-y. larda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʻlib ularda 57,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2004-y. da Toʻytepa sh. da ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi.
Akademik litsey va kasbhunar kollejlarini oʻquvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan taʼminlash, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar oʻtkazish loyihalari boʻyicha tanlovlar tashkil qilish borasida Jan. Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi tizimi boʻyicha 2003-y. da Amerika hamkorlik tashkiloti (AKSELS) tomonidan «Aʼlo taʼlim uchun mukofot» dasturi asosida litseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili oʻqituvchilarining taqdimot seminarlari oʻtkazildi.
2004-y. da 757 oʻquvchi oʻqishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Viloyatda 2 oliy oʻquv yurti (Toshkent agrar unti, Toshkent viloyat pedagogika inti) bor. Ularda 10,1 ming talaba taʼlim oladi (2004).
Toshkent viloyatida eng yirik i. t. institutlari, bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik va oʻrmon xoʻjaligi, sugʻorish texnikasi i. t. institutlari, qishloq xoʻjaligi. gini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish Oʻrta Osiyo inti, Oʻrta Osiyo rangli metallurgiya loyigʻalash, Sholikorlik i. t. instituti va b. joylashgan.
Toshkent viloyatida 4 oʻlkashunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va sanʼat maktabi (6323 oʻquvchi), madaniyat uylari, 746 badiiy havaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Toshkent viloyati va Toshkent sh. dan Toʻychi hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Shojalilovlar; Oʻzbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Ochilxon Otaxonov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Turgʻun Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, Oʻzbekistonda xizmat I ■ ʻ koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov va b. yetishib chiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
Sogʻliqni saqlash. Toshkent viloyatida 10361 oʻrinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi boʻlimlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi ishlab turibdi. Shulardan 174 qishloq vrachlik punkta, 43 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiya poliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldsherakusherlik punkti va b. tibbiyot muassasalari faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyatida oʻtgan 1996—2003-y. lar mobaynida 174 qishloq vrachlik punktlari barpo etildi, 119 qishlok, shifokorlik ambulatoriyasi va feldsherakusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999 — 2003-y. larda viloyatda 150 oʻrinli viloyat klinik shifoxonasi, 170 oʻrinli viloyat tugʻruq majmuasi, 90 oʻrinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 60 oʻrinli narkologiya dispanseri, 120 oʻrinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 oʻrinli viloyat silga qarshi kurash dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklash markazi, Yuqori Chirchiq tumanida 40 oʻrinli «Nuroniy» shifoxonasi, Bekobod, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Qibray tumanlarida yangi tugʻruq majmualari ishga tushirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. Toshkent viloyati dagi barcha tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vrach, 22106 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam olish zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 dam olish uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent sh. dan 90 km shim. sharkda Chatqol togʻ yon bagʻirlarida «Chimyon» dam olish zonasi joylashgan.
Sport. Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat va b. boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Toshkent viloyatida 49 stadion, sport majmuasi, 16 suzish havzasi, 38 tennis korti, otchopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otish tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qoʻl toʻpi, 667 futbol maydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.
Oʻtgan davr mobaynida viloyatda oʻnlab jahon, Osiyo, respublika chempionlari yetishib chikdi. D. Mansurov erkin kurash, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turchin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov yengil atletika, S. Soy suzish boʻyicha Afina 2004 Olimpiadasiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi. Katar davlati poytaxti Doxa sh. da boʻlib oʻtgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor boʻddi. 2004-y. may oyida Dogʻistonning Maxachqala sh. da oʻtkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1oʻrinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, yengil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qoʻl toʻpi, voleybol va b. sport turlari boʻyicha 1 va sovrinli oʻrinlar sohiblari boʻlishdi.
Viloyatda sport turlari orasida futbol tobora ommaviylashmoqda. Futbol boʻyicha mamlakat chempionatining oliy ligasida «Doʻstlik» (Toshkent viloyati), «Metallurg» (Bekobod), «Kimyogar» (Chirchiq), «Semurgʻ» (Angren) jamoalari viloyat sharafini himoya qilmoqdalar. «Doʻstlik» komandasi ikki bor mamlakat chempioni va bir marta billur sovrini sohibi boʻldi.
Toshkent viloyatida xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1toifadagi sportchilar tayyorlandi.
Adabiyoti. Toshkent vohasi Sharq adabiyotining qad. markazlaridan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan asarida Mavlono Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ilgari surilgan. 14—16-a. larda shoir Badriddin Chochiy, mashhur tarixchi, huquqshunos, tarjimon Koʻhakiy, 16-a. da Zayniddin Vosifiy T. da yashab ijod qilganlar. Xoja Ahror taklifi bilan Toshkentda Jomiy ham boʻlgan va ulugʻ mozorotlarni ziyorat qilgan. Toshkentlik tarixchi va geofaf olim Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toshkand» asarini yezdi. Dilkash, Gulshan, Almaiy, Kamiy kabi shoirlar voya ga yetdi. Avloniy, Nozimaxonim, Mirmuxsin Shermuhamedov, Sidqiy Xondayliqiy (Shavkat), Xislat, Miskin, Tavallo kabi isteʼdodlar yetishib chikdi. Shoir Akmal yetuk olim sifatida ham nom chiqargan. Dilafgorning toshbosmada devoni chop qilingan, Elbek turkologtilshunos, tarjimon va jurnalist sifatida ijod qildi. 20-a. ning 20—30-y. laridagi Toshkent adabiy hayotida Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom. Botu, Ziyo Sayd, Oydin, Zulfiya, Gʻayratiylarning oʻrni katta. Toshkent viloyatida V. Gʻafurov, A. Ubaydullayev, Muzayyana Alaviya, M. Samadov, Usmon Umrzodalar ijod qiddilar. Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi, yozuvchi H. Sultanov, shoirlar Abdulla Sher, Sh. Salimova, M. Toirov, O. Otaxonovlar Toshkent viloyatida tugʻilib kamol topgan adabiyot namoyandalaridir. Matbuot, radio va televideniyesi.
Toshkent viloyatida 2 ta viloyat («Toshkent haqiqati», «Tashkentskaya pravda»), 16 tuman, 9 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gaz. va 1 jurnali nashr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyatida (Toshkent sh. da) tajriba radioeshittirishlar dastlab 1926-y. boshlangan. 1927-y. 11 fev. da quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar olib borilgan. 1929-y. dan boshlab muntazam radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930-y. dan quvvati 20 kVt boʻlgan RV radiostansiyasi ishlay boshlagan.
Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, Toshkent sh. va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar beriladi (1971-y. dan). Shuningdek, «Oriat Dono», «Oriat GʻM» radiostansiyalari faoliyat koʻrsatadi.
Televizion eshittirishlar 1956-y. 5 noyab. dan boshlangan. 1971-y. dan rangli televizion koʻrsatuvlar berilmoqda. Toshkent sh. va Toshkent viloyati uchun moʻljallangan koʻrsatuvlar bosh tahririyati «Oʻzbekiston» axborot dasturi, «Shahar yumushlari», «Davra suhbati», «Muloqot», «Hamshaharlar», «Shahar portreti», «Oila», «Mezon», «Oltin beshik», «Bahs» kabi koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, shuningdek, «Olmaliq—TV», «Poʻlat», «Chirchiq—TV», «Bekobod oynai jahon», «Orbita TRK» telestudiyalari ishlab turibdi.
Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk oʻrta asrlarda bunyod etilgan shahar, koʻshk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. Oʻrta asrlarga oid yirik meʼmoriy binolarning aksari kismi Tbshkent sh. da bunyod etilgan. Ulardan 14—19alarda qurilgan maqbara va madrasalarning ayrimlarigina hozirgacha saqlangan.
Zangiota majmuasi Toshkent viloyati dagi eng mashhur, Oʻrta Osiyodagi noyob meʼmoriy yodgorlikdir. Zangiota qishlogʻida joylashgan mazkur yodgorlik 15 — 20-a. lar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peshtoqli ayvon, ziyoratxona, goʻrxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar bibi maqbarasi ham bor.
Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylashgan. Toshkent viloyati dagi tuman markazlarida 2jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga, jumladan Chirchiq sh. ga kiraverishda, Boʻzsuv kanali sohilida, Yangiyoʻl sh. da, Parkent sh. dagi yodgorliklar oʻrnatilgan.
Malumotlar
TOSHKENT VILOYATI