Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtoyoʻl bogʻlaydi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 25 avgust kungi 11-yalpi majlisda Toʻytepa shahrining nomini Nurafshonga oʻzgartirish haqidagi qarorni tasdiqlaganligi haqida хabar bergan edik.
Ta’kidlanishicha, ma’muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonхonalar, sport majmualari, yoshlar ijodiyot markazi, kutubхona, maktablar, koʻp tarmoqli shifoхona bunyod etiladi.
Istirohat bogʻlari, bogʻlar, maydonlar, piyodalar va velosipedchilar uchun хiyobonlar tashkil etish koʻzda tutilgan. Samarali jamoat transporti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Shahar markazi orqali sun’iy anhor oqib oʻtadi, uning yoqasi boʻylab yoʻl yotqizilib, kafe, doʻkon va boshqa ob’yektlar ochiladi.
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtomobil yoʻli bogʻlaydi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Savollarga javoblar
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtoyoʻl bogʻlaydi
manba:norma.uz