Toshkent tarixi haqida faktlar to’liq malumot oling
Miloddan avvalgi ikkinchi asrda qadimiy Xitoy qo‘lyozmalarida shahar haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi, turli manbalarda «Shi», «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Binkat», «Tarkan» deb tilga olindi.
Mundarija
скрыть
Miloddan avvalgi 175-140 yillar. Shosh, Xorazm, Sug‘diyonani o‘z ichiga olgan Qang‘ davlati gullab-yashnadi.
Milodiy 712-713 yillar (hijriy 95). Qutayba ibn Muslim boshliq Islom qo‘shinlari Shoshni fath etishdi.
819/820 – 855/856 yillar. Shosh Somoniylar sulolasi hukmronligi ostida bo‘ldi.
903–976 yillar. Shoshlik ulug‘ muhaddis va faqih Abu Bakr ibn Ismoil Qaffol Shoshiy yashab, ijod qildi.
1036–1144 yillar. Taniqli faqih va muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy yashab, ijod qildi.
1404 yil. Shoshda atoqli tasavvuf olimi va davlat arbobi Xoja Ahror Valiy tug‘ildi.
1576 yil. O‘zbeklar xoni Abdullaxon Shoshni bosib oldi.
1588 yil. Shaharda Abdullaxonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
1612–1613 yil. Shoshni Imomqulixon bosib oldi.
1723 yil. Toshkentda O‘rta Osiyoda ilk bor aholi va xonadonlar ro‘yxatga olindi.
1850 yil. Toshkentda 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta karvonsaroy, 11 ming hovli va 150 ming aholi bo‘lgan.
1865 yil 17 may. Toshkentni Chor Rossiyasi qo‘shinlari bosib oldi.
1866 yil. Muhandis M. Kolesnikov ilk bor Toshkent shahrini rejalash loyihasini ishlab chiqdi.
1868 yil. Toshkentdagi okrug harbiy shtabida O‘rta Osiyodagi birinchi bosmaxona tashkil etildi.
1883 yil. Toshkentda o‘zbek tilidagi ilk bosma gazeta – «Turkiston viloyatining gazeti» nashr etila boshladi.
1892 yil iyuni. Toshkent aholisining tarixda «Vabo qo‘zg‘oloni» nomi bilan mashhur qo‘zg‘oloni boshlandi.
1900 yil. Gʻarbiy Ovrupaga birinchi safar qilgan toshkentlik savdogar Tojimuhammad Isomuhammad o‘g‘li xalqaro Parij ko‘rgazmasida qatnashdi, keyin esa Londonda bo‘ldi.
1905 yil 19 oktyabr. Toshkent shahar Dumasi binosi oldida namoyishchilar o‘qqa tutildi.
1907 yili Toshkent shahrida 23 ta madrasa bo‘lgan.
1909 yili Rigadagi «Gramofon» firmasi samarqandlik mashhur hofiz Hoji Abdulaziz Rasulov ijro etgan «Iroq», «Nasrulloyi», «Ushshoq» maqomlarini alohida yelimtovoq (plastinka) qilib chiqardi.
1915 yili Mulla Olim Maxdumxo‘ja Toshkandiy qalamiga mansub ikki jildli «Tarixi Turkiston» asari Toshkentda nashr etildi.
1916 yili Xo‘jand, Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Toshkent, Jizzaxda rus podshosi siyosatiga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari bo‘ldi.
1926 yili Toshkentda 274 avtomobil va motosikl ro‘yxatga olindi.
1942 yili toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va rafiqasi Bahri Akramovalar Ikkinchi jahon urushi tufayli yetim qolgan turli millatga mansub o‘n to‘rt bolani boqib olishdi.
1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston musulmonlari vakillarining qurultoyida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazorati (idorasi) tashkil etildi.
1953 yildan Toshkentda besh jildli «Ruscha–o‘zbekcha lug‘at» va Abu Ali ibn Sinoning ko‘pjildli «Tib qonunlari» asari o‘zbek va rus tillarida nashr etila boshlandi.
1957 yili Toshkent viloyatidagi «Sharq yulduzi» kolxozi raisi Hamroqul Tursunqulovga uchinchi marta Mehnat Qahramoni unvoni berildi.
1958 yili amerikalik mashhur qoratanli qo‘shiqchi Pol Robson Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida konsert berdi.
1966 yil 26 aprelda Toshkent shahrida katta vayrongarchiliklar keltirgan kuchli zilzila bo‘lgan.
Tarix
Toshkent tarixi haqida faktlar