TOSHKENT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI haqida to’liq ma’lumot oling

TOSHKENT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI haqida to’liq ma’lumot oling

TOSHKENT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI — sharqshunos kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1991-y. 15-iyulda Toshkent universitetining sharq fti asosida tashkil etilgan. Bakalavriatlarning 8 ta va magistraturaning 12 ta yoʻnalishi (jumladan, Sharq tillari va adabiyoti boʻyicha filologlar, Sharq falsafasi, shuningdek, islomshunoslik, mintaqashunoslik va xalqaro munosabatlarga taallukli ixtisosliklar) boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar yetkazib beradi. Intda 4 ta ft: sharq filologiyasi, iqtisodiyot, tarix, Quriyashunoslik; malaka oshirish va til oʻqitish maxsus markazi, 34 ta kafedra (jumladan, arab, eronafgʻon, xitoy, yapon, koreys filologiyasi, sharq tillarini oʻqitish metodikasi, Markaziy Osiyo xalklari tarixi, manbashunoslik va matnshunoslik, xorijiy mamlakatlar tarixi, islomshunoslik, xalkaro munosabatlar, menejment va marketing, xorijiy mamlakatlar iqtisodi, xalqaro iktisodiy munosabatlar va b.), shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion yoʻnalishlardagi 10 ta ilmiy guruh (sharq mumtoz adabiyoti tarixini oʻrganish, islomshunoslik va iktisodiyot boʻyicha) va zamonaviy axborot texnologiyalari markazi faoliyat kursatadi. Intda 3000 dan ortiq talaba, 370 prof. oʻqituvchi (ulardan 30 tasi xorijliklar), jumladan 54 prof. va fan dri, 140 dos. va fan nomzodi hamda 3 Oʻzbekiston FA akad. ishlaydi (2004). Int muassisligida «Sharq mashʼali» («Mayak Vostoka») ilmiyommabop jurnali va «Sharqshunoslik» («Vostokovedeniye») ilmiy jurnali nashr etiladi. Int kutubxonasida 200 mingga yaqin kitob jamlanmasi va 1000 ga yaqin noyob koʻlyozma asarlar zaxirasi mavjud.

Int qoshida 2 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib boradi. Shuningdek, intda Iqtidorli talabalar markazi va Yosh olimlar kengashi ish yuritmoqda.

Int dunyoning 40 dan ortiq xorijiy mamlakatlari (jumladan, Misr, AQSH, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya va b.) universitetlari oʻquv yurtlari va i. t. muassasalari bilan kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashish va malaka oshirish sohalarida hamkorlik qiladi.

Intda N. Ibrohimov, Sh. Shomuhamedov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, O. Shomatov, A. Quronbekov, T. Muxtorov, T. Gʻiyosov, Gʻ. Ahmadjonov, M. Boboxoʻjayev, T. Sattorov, M. Axmedova, Q. Sodiqov, Q. Mahmudov, M. Isʼhoqov, R. Xoʻjayeva, A. Moʻminov, S. Gʻaniyeva kabi yirik olimlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Malumotlar
TOSHKENT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI