TOSHKENT OPERETTA TEATRI
TOSHKENT OPERETTA TEATRI, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri — Oʻzbekistonda yagona operetta teatri. Dastlab Samarkandda ochilgan (1938); 1940-y. Toshkentga koʻchib, 1948-y. gacha faoliyat koʻrsatgan. 1973 yil qayta tashkil etilib, A. Ginzburg sahnalashtirgan «Quvnoq urush» (I. Shtraus) spektakli bilan ochilgan. Dastlab teatrda N. Pasikova bosh baletmeyster, V. Spektr bosh dirijyor boʻlib ishlagan. Toshkent operetta teatri repertuaridan dastlab «Chanita boʻsasi», «Tbilisi osmoni ostida», «Monmartr binafshasi», «Silva», «Sirk malikasi», «Goʻzallik tanlovi», «Donna Lyutsiya» kabi zamonaviy va mumtoz operettalar oʻrin olgan.
Ensiklopediya.uz
TOSHKENT OPERETTA TEATRI