Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti kirish ballari, qabul kvotalari
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39- uy, pochta indeksi: 100000
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1923-yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo’limi Melioratsiya muxandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1929-yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mexanika qurilishi va suv xo’jaligi fakultetlari ochilib O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi.
2004-yil 30-martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003- sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.
FAKULTETLARI: Gidromelioratsiya fakulteti, Gidrotexnika qurilishi fakulteti, Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti, Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti, Yer resurslarini boshqarish fakulteti, Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti