TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI — yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufida. Int 1934-y. da Oʻrta Osiyo irrigatsiya injenerlari va texniklari inti hamda Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash inti asosida tashkil etilgan. 2004-y. ning mart oyigacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari inti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-y. 30-martdagi karori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya intiga aylantirildi.

Ensiklopediya.uz
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI