TOSHKENT HAQIQATI

TOSHKENT HAQIQATI

«TOSHKENT HAQIQATI» — shkent viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasi. Muassisi — Toshkent viloyati hokimligi. Toshkent sh. da haftada 5-marta chiqadi. Dastlab 1928-y. 11 dek. da «Sharq haqiqati» nomi bilan «Toshkent okrug firqa qoʻmitasining, okrug ijroiya qoʻmitasining va okrug kasaba soyuzlari shoʻrosining nashr afkori» sifatida chop etilgan (jami 519 soni chiqqan). 1930-y. 23 sent. dan «Qizil Oʻzbekiston» gaz. ga qoʻshilgan. 1954-y. 9 fev. dan hoz. nomda. Gaz. ga turli yillarda R. Alimov, E. Ismoiljonov, 3. Yesenboyev, M. Qoriyev, A. Ismoilov, N. Nasimov, F. Muhiddinov va b. muharrirlik qilishgan.

Ensiklopediya.uz
TOSHKENT HAQIQATI