TOSHKENT HALQA AVTOMOBIL YOʻLI

TOSHKENT HALQA AVTOMOBIL YOʻLI

TOSHKENT HALQA AVTOMOBIL YOʻLI — umumdavlat ahamiyatidagi yoʻl. Katta va kichik halqa yoʻllardan iborat. Katta halqa avtomobil yoʻlini loyihalashtirish va qurilish ishlari 1959—68 y. larda bir necha bosqichlarda qismlarga boʻlinib amalga oshirilgan. Umumiy uz. 67 km, qattiq toʻshamali (48 km sementbeton, 19 km asfaltbeton), Itoifali. Tranzit yuklarning Toshkent sh. ni chetlab oʻtishini taʼminlash, shahar ichidagi transport qatnovi xavfsizligi va ekologiyani yaxshilash maqsadlariga xizmat qiladi. Bu yoʻl xalqaro ahamiyatli 3 ta (M34; M39; A373), 7 ta umumdavlat, 10 ta mahalliy yoʻllar va koʻplab shahar kuchalari tutashadigan, umumiy uz. 3372 m boʻlgan 22 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar, jami uz. 6125 m boʻlgan 160 ta quvur va b. meʼmoriy inshootlar barpo etilgan murakkab muhandislik inshootidir. Yil davomidagi oʻrtacha kunlik transport harakati jadalligi 38500 avtomobilGʻkunni tashkil etadi (2004).

Ensiklopediya.uz
TOSHKENT HALQA AVTOMOBIL YOʻLI