Toshkent davlat yuridik universiteti kirish ballari, qabul kvotalari haqida to’liq ma’lumot oling

Toshkent davlat yuridik universiteti kirish ballari, qabul kvotalari haqida to’liq ma’lumot oling

Toshkent davlat yuridik universiteti kirish ballari, qabul kvotalari
Telefon:

0(371)2336636

Elektron pochta:

info@tsul.uz

Rasmiy sayt:

www.tsul.uz

Manzil:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 35- uy, pochta indeksi: 100047
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch  oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)” ta’lim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):
  1. Davlat huquqiy faoliyati;
  2. Fuqarolik huquqiy faoliyati;
  3. Jinoyat huquqiy faoliyati;
  4. Xalqaro huquqiy faoliyat;
  5. Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).
Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):
  1. «Davlat boshqaruvi huquqi»;
  2. «Soliq va bojxona huquqi»;
  3. «Biznes huquqi»;
  4. «Xalqaro tijorat huquqi»;
  5. «Shartnoma huquqi»;
  6. «Korporativ huquq»;
  7. «Tabiiy resurslar huquqi»;
  8. «Mehnat huquqi»;
  9. «Jinoyat qonunchililigini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti»;
  10. «Sud ekspertizasi va kriminalistika».

Malumotlar
qabul kvotalari, Toshkent davlat yuridik universiteti kirish ballari