Toshkent dahalari. Umid dahasi haqida to’liq ma’lumot oling
Post Views:
46
UMID DAHASI – Chilonzor tumanida; Bunyodkor shohko‘chasi, Chilonzor, Cho‘ponota ko‘ch.lari va Kichik halqa yo‘li oralig‘ida joylashgan. 2008 yil 1 avgustda dahaga shu nom berilgan. 20-asrning 2-yarmida vujudga kelgan. Daha hududi 100 gektardan ortiq. Daha hududida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining sport majmuasi, V.Vohidov nomidagi xirurgiya markazi, «Katta Qozirobod» jome masjidi va shu nomdagi qabriston, “Favvora” kafesi, “Anvarbek” restorani mavjud. Hudud o‘rtasidan Anhor kanali oqib o‘tadi. Yaqinida “Chilonzor” va «Mirzo Ulug‘bek» metro bekatlari, Fafur Fulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Chilonzor tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar, ko‘p qavatli turar joy binolari, servis xizmatlari bor.
“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil
Malumotlar
Toshkent dahalari. Umid dahasi