TOSHKENT AVTOMOBIL YOʻLLAR INSTITUTI

TOSHKENT AVTOMOBIL YOʻLLAR INSTITUTI

TOSHKENT AVTOMOBIL YOʻLLAR INSTITUTIavtomobil xoʻjaligi, avtomobilsozlik zdlari, yoʻl korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika inti avtomobil va yoʻllar fti negizida 1972-y. tashkil etiyagan. Intda avtomobilsozlik, avtomobil transporti, avtomobil yoʻllari qurilishi, avtomobil yoʻllari iqtisodi va boshqaruvi, iktidorli talabalar bilan ishlash va magistratura hamda sirtqi taʼlim ftlari bor. Int qoshida litsey, tayyorlov boʻlimi, tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish kurslari mavjud. Intda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 11 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Intda 34 ta kafedra, 17 ta i. t. guruhlari, aspirantura va doktorantura boʻlimlari, kutubxona (400 mingdan ziyod adabiyot) bor. Ishlab chiqarish. korxonalarida kafedra filiallari faoliyat koʻrsatadi. Int tashkil etilganidan beri 31000 dan ziyod oliy malakali mutaxassis yetishtirildi. Intda dunyoning 26 mamlakatidan kelgan 450 talaba taʼlim oldi. 2003/04 oʻquv yili intda 4100 talaba oʻqidi.

Ensiklopediya.uz
TOSHKENT AVTOMOBIL YOʻLLAR INSTITUTI