TOSHKENT-ANDIJON-OʻSHQASHQAR AVTOMOBIL YOʻLI

TOSHKENT-ANDIJON-OʻSHQASHQAR AVTOMOBIL YOʻLI

TOSHKENT-ANDIJON-OʻSHQASHQAR AVTOMOBIL YOʻLI — xalqaro ahamiyatli yoʻl, umumiy uz. 940 km. Oʻzbekiston (408 km), Qirgʻiziston (272 km), Xitoy (260 km) hududlaridan oʻtadi. Yoʻlda dengiz sathidan turlicha balandlikda boʻlgan 6 ta dovon bor. Shundan Oʻzbekistonda Kamchiq (dengiz sathidan 2268 m) va Rezak (2254 m) dovonlarida tunnellar qurilgan (q. Kamchiq dovoni). Qirgʻiziston hududida Chayirchiq (2406 m), Toldiq (3645 m), Taunmurun (3536 m) dovonlari osha oʻtiladi. Qadimda Buyuk ipak mulining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan karvon yoʻli boʻlgan. 20-a. ning 30-y. larida ilk bor muhandislik inshooti koʻrinishida, uni kesib oʻtuvchi daryo va soylarga koʻprik va quvurlar qurilib, yer poyining kengligini 8 m ga yetkazib, qatnov qismiga shagʻaltosh qoplama yotqizilgan va butun yoʻl yoʻnalishi boʻylab yoʻlni saqlash xizmati tashkil qilingan, shu davrdan boshlab xalqaro ahamiyatli avtomobil yoʻliga aylandi.

Ensiklopediya.uz
TOSHKENT-ANDIJON-OʻSHQASHQAR AVTOMOBIL YOʻLI