TOSHHOVUZ VILOYATI
TOSHHOVUZ VILOYATI — Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1970-y. 14dek. da qayta tashkil etilgan (avval 1939-y. 21 noyab. dan 1963-y. Yuyanv. gacha mavjud boʻlgan). Mayd. 73,6 ming km2. Aholisi 1165 ming kishi (2001), asosan, turkman va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 33%, qishloq aholisi — 67%. Aholisining koʻp kismi Amudaryo vodiysida, t. y. atroflarida. Choʻlda, aksari, chorvadorlar mavsumiy hayot kechiradi. Toshhovuz viloyatida 6 maʼmuriy tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi — Toshhovuz sh.
Ensiklopediya.uz
TOSHHOVUZ VILOYATI