TOSHBAQALAR
TOSHBAQALAR (Testudenes, yaʼni Cheloniea) — sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut bilan qoplangan. Sovut orqa (karapaks) va qorin (plastron) qalqondan iborat. Koʻpchilik Toshbaqalarning tuzilishi qad. davrdan hozirgacha deyarli oʻzgarmagan. Sovutining uz. 12 sm dan 2 m gacha. Toshbaqalar koʻzi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, lekin yomon eshitadi. Tishlari boʻlmaydi, jagʻi tumshuqqa oʻxshash muguz plastinkalar bilan qoplangan. Umurtqa pogʻonasi — boʻyin va dum boʻlimlari harakatchan, boshqa kismlari karapaks bilan birlashib ketgan. Sovutning boʻlishi tufayli oyoqlar kamari suyaklar, qovurgʻalar ostiga siljigan. 250 ga yaqin turi bor. 2 kenja turkum (yashirin boʻyinlilar va yonbosh boʻyinlilar)gaajratiladi. Yashirin boʻ yinlilar (Cryptodira) 8 oila: kaymansimon Toshbaqalar, chuchuk suv T. i, quruklik Toshbaqalari, dengiz T. i, terili Toshbaqalar, yumshoq tanali Toshbaqalar va b. ni; yonbosh boʻyinli Toshbaqalar pelameduzasimonlar va ilon boʻyinlilar oilalarini oʻz ichiga oladi.
Ensiklopediya.uz
TOSHBAQALAR