To‘rt sehrgar haqida to’liq ma’lumot oling
DO`STLARGA ULASHING:
Bor edi to‘rt og‘ayni,
yetilgan payti ayni.
Bular to‘rt so‘z-ibora,
Zo‘r ma’nodan iborat.
Yaxshilarning dilidan,
Chiqar shirni tilidan.
Ta’mi o‘xshar qaymoqqa,
Juda oson aytmokqa.
Chin insonlar ichida
Obro‘ topgandir juda.
Bir yumalab, aytganday,
Bamisoli ertakday
Libos kiyib ustiga
Kirgan odam tusiga.
Mag‘zin chaqsangiz agar,
To‘rttovi — to‘rt sehrgar.
Birin nomi — KO‘P RAHMAT,
Ikkinchisi — MARHAMAT.
Uchinchisi — ASSALOM.
Saqlar hurmat — ehtirom.
Ochilganday dil guling.
To‘rtinchisi — SOG‘ BO‘LING.
KO‘P RAHMAT
Va MARHAMAT
Birga ekan hamma vaqt.
Kim kimga bersa ko‘mak
Erib ketarkan yurak:
Deydilarkan: KO‘P RAHMAT!
Dil javobi: MARHAMAT.
Bir kun ular birlashib,
Fikrlashib. sirlashib,
Ochishibdi bir maktab,
Ta’lim, odobga atab.
Xabar berib har tomon,
Yozishibdi ko‘p e’lon.
Bu e’lonni eshitib
Keliptilar yetishib.
Bo‘lsa kim ochiq ko‘ngil,
Ularga tekin-bepul.
Dars boshlabdi to‘rt sinf,
Hamma kepti sevinib
Ta’lim darsi o‘tishar,
Odob darsi o‘qishar.
Har bir bola yuz kunda
Tuzalar ekan unda.
Bunda to‘rt o‘vituvchi.
Dilga mehr o‘rnatish.
Odob, ta’lim o‘rgatish
Ekan asosiy burchi.
O‘zlari ekan o‘rnak.
Eng samimiy, sof yurak.
Talabadan ertalab
Qilinar shunday talab;
Badan tarbiya qilish,
Chopish, sakrash, bukilish,…
Tozalamoq og‘iz, tish —
Sanalar eng muhim ish.
Yuvinib salom bermoq
Oddiy gap ekan, biroq,
Yotar chog‘ «xayrli tun»
Deyish ekan chin qonun.
Bir-biriga yo‘l berish,
Ta’zim bilan qo‘l berish
Yomon so‘z bilan so‘kish,
Hattoki turtish, nuqish
Xiyolgnna baqirish,
Otin aytmay chaqirish
Hammasi taqiqlanmish,
Isbotlab tasdiqlanmish,
Dangasalar ayniqsa
Sozdir bitirib chiqsa.
O‘tar ishchan safiga,
Kulgu qo‘nar labiga.
Soz bo‘lsa kimning hulqi.
Tugamas baxt-u mulki.
Inson insonni izzat —
Qilish-chi, oliy xizmat.
Kuynb-pishgan bir xola
Boshlab kelmish bir bola.
Shishib ketgan qulog‘i,
Xip bo‘g‘ilgan tomog‘i,
Kiyinib olgan chala,
Chala egni dabdala.
Suv berishsa to‘karmish,
Ko‘ringanni so‘karmish.
Judayam emish tajang,
Boshlashga tayyormish jang.
Ko‘nmay hyech qanaqaga,
Kelmabdi epaqaga.
«Sog‘ BO‘LING» va «ASSALOM»,
Holdan ketmishlar tamom.
«MARHAMAT»
Va «KO‘P RAHMAT»
Rosa chekmishlar zahmat.
Ko‘pchilik
Ekan kuchlik.
Ko‘rsatib axir
Ta’sir.
Eshitib ta’na-gina
O‘zgaribdi salgina.
Xoh kunduz-u, saharlar
Urinmish sehrgarlar.
So‘ng yengibdi yaxshilik,
Ko‘rsatolmay qarshilik.
Yuz kuncha o‘tgandai so‘ng
Bolakay qarabdi o‘ng.
Oxiri tuzalibdi,
Keyii-chi, qizaribdi.
Endi olaytirmas ko‘z.
Bo‘pti mayin, shirinso‘z.
Sehrgarlar maktabin
Sirli ekan talabi.
Bu yerda o‘qib chiqqan.
Odobli ekan chindan.
Har yerda bilinarkan,
Zab hurmat qilinarkan.
To‘rt sehrgar — muallim,
Hammaga ekan ma’lum.
«KO‘P RAHMAT»
Va «MARHAMAT»
«SOG‘ BO‘LING» va «ASSALOM»
Ularga ming ehtirom!
Shu bilan ertak tamom.
Po‘lat Mo‘min (1922-2004)
Malumotlar
To‘rt sehrgar