TORSID tabletka
Torsid tabletka #Торсид таблетка ?Dori shakli : tabletka ?Tarkibi 😕 torasemid — 5 mg va 10 mg. ?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ? Qon bosimini tushiruvchi va siydik haydovchi ( diuretik vosita). ?QO’LLANILISHI ? — Qon bosimi oshganda qabul qilinadi — Tanadagi shishlarda qabul qilinadi. — Yurak yetishmovchiligi kabi holatlarda qabul qilinadi. — Siydik haydovchi vosita sifatida qabul qilinadi. — O’pka shishida qo’llaniladi ( ukoli ko’pincha qo’llaniladi, torsidning ineksiya shakli han bor ). ?QO’LLASH USULI ? Kuniga 1 tabletka ertalab nonushtadan keyin qabul qilinadi. Preparatni chaynamasdan yetarlicha miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Suv — elektrolit lar kamayishi , ya»ni natriy, kaliy va gipovolemiya kuzatilishi mumkin. — Qon bosimi tushib ketishi mumkin ( doza oshirilib yuborilsa ). — Bosh og’rigi , bosh aylanishi ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda — Buyrak kasalliklarida umuman siydik ajralmay qolish holatida ( anuriyada) — Jigar komasida va koma oldi holatida — Qon bosimi past yuradiganlarda mumkinmas.Chunki preparat qon bosimni tushirib yuboradi. — Organizmda kaliy , natriy kamayib ketganda va gipovolemiyada mumkin emas. — Prostata bezining kattalashishi kabi xolatlarda mumkin emas. — 18 yoshdan kichiklarga mumkinmas. — Homilador va emizish davrida mumkinmas . ——————————————————- ?TORASEMID ANALOGLARI ? ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — chet davlat. @Farmakologiya_TTA ,, ТАБЛЕТКА » kanaliTORSID tabletka
DO`STLARGA ULASHING:
TORSID tabletka