Torroks osmasi — aminokislota tarkibli osma to’liq malumot oling
?Torroks osmasi — aminokislota tarkibli osma.Kuchlantiruvchi vosita.
?100 , 200 , 250 va 500 ml flakonda chiqariladi.
#Torroks osma
#Торрокс осма
?Dori shakli : ?
infuziya uchun eritma ( osma ).
?TARKIBI : ?
Barcha aminokislota , natriy gidroksid va ineksiya uchun suv.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Parenteral oziqlantirish uchun aminokislotali tarkibga ega bo’lgan eritma.
?QO’LLANISHI ?
— Og’iz orqali oziqlanish mumkin bo’lmagan va iloji bo’lmagan holatlarda.
— Ovqat hazm qilish a’zolarining og’ir kasalliklarida , ya’ni ichaklardan va oshqozondan ovqatning so’rilmasligida, ichakning yallig’lanish kasalliklarida qo’llaniladi.
— Pankreatitda va ichak oqmalarida qabul qilinadi.
— Jarohatlarda va jarohatdan keyingi holatlarda.
— Kuyish holatlarida va kuyishdan keyingi holatlarda qabul qilinadi.
— Sepsisda qo’llaniladi.
— Xavfli o’smalarda operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parenteral oziqlantirish uchun .( venadan yuboriladi.)
— Aminokislotalar yetishmovchiligida va oqsil organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi.
?QO’LLASH USULI ?
Osmani venaga sekin tomchilab yuborish kerak.
?NOJO»YA TA’SIRI ?
— Preparat yuborilgan joyda terini ta’sirlanishi va tromboflebit kuzatilishi mumkin.
— Qonda ammiak miqdori oshishi mumkin.
— Ko’ngil aynish , qusish , qorinda og’riq va charchoqlik xissi kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMA ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Jigar va buyrak faoliyati va funksiyasi yaqqol buzilganda.
— Oqsillar sintezi buzilganda
— Yurak yetishmovchiligining og’ir shaklida mumkinmas.
— Metanol bilan zaharlanishda mumkin emas.
— Qon bosimi baland yuradiganlarda , davleniyasi borlarda va taxikardiya xolatida mumkinmas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Torroks osmasi qon bosimi , ya’ni davleniyani oshiradi. Shu sabab davleniyasi borlarga va qon bosimi oshgan holatlarda mumkin emas. Taxikardiyani keltirib chiqaradi.
?Tana harorati oshgan holatda ham ushbu osmani qo’llash mumkin emas. Chunki osma isitmani ko’taradi.
?Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahati bilan qo’llang ( esda saqlang ).
?Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda ham endokrinolog maslahati bilan qo’llang.
?Qo’llash — shifokor maslahati bilan.
?Ishlab chiqaruvchi — Xitoy
Dorixona
Torroks osmasi — aminokislota tarkibli osma