TORRICHELLI
TORRICHELLI (Torricelli) Evanjelista (1608.15.10, Faensa — 1647. 25.10, Florensiya) — italyan fizigi va matematigi. G. Galileyiyant shogirdi — B. Kastelli qoʻlida taʼlim olgan. «Qattiq jismlarning harakati haqida traktat» (1641) kitobida G. Galileyning harakat haqidagi gʻoyasini rivojlantirdi. Galiley vafotidan soʻng uning vorisi sifatida gersog Toskaneskiy saroyida matematik, ayni paytda Florensiya untida matematika prof. (1642). Torrichelli 1643-y. da tajriba yoʻli bilan simobli barometrni kashf qilgan (q. Barometr).
Ensiklopediya.uz
TORRICHELLI