TORQOPCHIGʻAY

TORQOPCHIGʻAY

TORQOPCHIGʻAYQashqadaryo viloyati va Turkmenistan jan. gʻarbidagi soy. Hisor tizmasining Kattapoy tarmogʻi yon bagʻridagi buloqlardan boshlanadi. Oqboshtogʻ va Qorabaland togʻlarini kesib oʻtadi. Qarshi choʻliga yetmasdan tugaydi. Uz. 205 km. Bahorda toshadi (suv sarfi 1 m3/sek. chamasida), yozda qurib qoladi. Tepaqoʻton kaliyli tuz konlaridan oqib oʻtgani uchun suvi shoʻr. Torqopchigʻaydan Dehqonobod tumanidagi Torqopchigʻay qishlogʻi aholisi va xoʻjaliklari suv oladi.

Ensiklopediya.uz
TORQOPCHIGʻAY